Realme 200MP kamerali smartfon chiqaradi(mi?)

Realme 200MP kamerali smartfon chiqaradi(mi?)

Bir necha kun oldin MediaTek o'zining Dimensity 1080 chipini taqdim qildi va kompaniya u bilan jihozlangan smartfonlar joriy yilning to'rtinchi choragida chiqarilishi ma'lum qilgan edi. Endilikda Realme kompaniyasining yangi smartfoni aynan ushbu chipset bilan chiqarilishi rasman tasdiqlandi.

Realme kompaniyasining vitse-prezidenti Madxav Shet o'zining Twitter sahifasida navbatdagi Realme smartfoni Dimensity 1080 bilan jihozlanishi va u shu yili chiqarilishini ma'lum qildi. Hozircha shundan boshqa ma'lumotlar oshkor qilinmagan, lekin biz tez orada yangi smartfon haqida mish-mishlarni eshitishimiz yoki tizer suratlarni ko'rishimiz mumkin.

Ta'kidlash joizki, Dimensity 1080 chipseti 200 megapikselli kamerani ham qo'llab-quvvatlay oladi.

O'QING: MediaTek Dimensity 1080 haqida barcha ma'lumotlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.