realme 8s 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz
realme o‘zining 8-seriyasini kengaytirib bormoqda. Bu gal kompaniya realme 8s 5G smartfonini taqdim etdi.
O‘QING: realme 8i'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz
Seriyadagi eng kuchli smartfon bu - Super AMOLED displeyi hamda yaxshi darajadagi kameralarga ega bo‘lgan realme 8 Pro qurilmasi hisoblanadi.
Keyinchalik taqdim etilgan realme 8i esa nisbatan arzonroq smartfon bo‘lib, unda 120Hz IPS LCD displeyi bor. Ushbu smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamas edi. Bu muammoni hal etish maqsadida kompaniya realme 8 5G smartfonini sotuvga chiqardi.

Smartfonga 5G tarmog‘ini qo‘shilishi uning narxini o‘zgartirmadi, biroq uning apparat ta’minotida pasayish bo‘ldi. Yangi 8s 5G smartfonining narxi avvalgi realme 8 5G bilan deyarli bir xil, lekin u nisbatan kuchliroq texnik jihatlarga ega.
realme 8s 5G'ning texnik jihatlari:
> Korpus: 162.5x74.8x8.8mm, 191g; old panel shisha, orqa panel plastik, plastik rom.
> Displey: 6.50 dyuymli IPS LCD, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 600 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 405ppi zichlik.
> Chipset: MediaTek Dimensity 810 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A76 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC2.
> Xotira: 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.1, microSDXC.
> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, realme UI 2.0.
> Kamera: Asosiy kamera: 64MP f/1.8, 26mm, PDAF; Makro: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4.
> Selfi kamera: 16MP f/2.1, 26mm (keng), 1/3.0“, 1.0µm.
> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek, gyro-EIS; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek, gyro-EIS.
> Akkumulyator: 5,000 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi.
> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda), 3.5mm audio jek.
realme 8 yoki 8 Pro singari qurilmaga AMOLED displeyi o‘rnatilmagan, biroq realme 8 5G bilan taqqoslaganda, 8s'da yorqinroq 90Hz chastotada ishlovchi displey mavjud. Shuningdek, realme 8 5G smartfoni Dimensity 700 chipi bilan jihozlangan edi. Yangi 8s 5G esa nisbatan kuchliroq Dimensity 810 chipiga ega bo‘ldi.

O‘z navbatida, qurilmaning kamerasi ham takomillashtirildi. Misol uchun, yuqori rezolyutsiyadagi 64MP kamera gyro-EIS funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bazaviy xotira sig‘im 128GB ga oshirildi. Bundan tashqari, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni edi 33 vattda quvvatlash mumkin.
Albatta, realme 8 5G bilan 8s 5G'ni taqqoslasak, yangi smartfon biroz takomillashganini ko‘rish mumkin.
Qadoq tarkibi
Odatdagidek, smartfon realme an’analari sodiq qolgan holda sariq qutida sotiladi.

Qutida smartfon bilan birga 33 vatllik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli hamda shaffof silikon g‘ilof o‘rin olgan.
O‘QING: realme GT Master'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz