realme 9 5G va 9 SE 5G modellari taqdim etildi

realme 9 5G va 9 SE 5G modellari taqdim etildi

Fevral oyining o‘rtasida realme o‘zining 9 Pro va 9 Pro+ modellarini taqdim etgan edi. Endi kompaniya ushbu seriyaga kiruvchi yangi realme 9 5G SE hamda 9 5G modellarini taqdim etdi. realme 9 5G SE smartfoni 9 Pro modeliga qaraganda yaxshiroq texnik jihatlarni taqdim etadi. 

realme 9 5G SE 

SE so‘zi «Speed Edition» so‘zining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu model 9 Pro qurilmasiga qaraganda yuqori yangilanish chastotada ishlovchi displey va kuchliroq Snapdragon 778G chipiga ega bo‘ladi. 

realme 9 Pro modeli esa Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan edi. Bu degani SE modelning chipidagi Cortex-A78 yadrolar soni Pro model chipinikidan ikki baravarga ko‘proq. 

Agar Snapdragon 778G bilan 695 chiplarini taqqoslaydigan bo‘lsak, Snapdragon 778G chipi CPU va GPU borasida biroz yuqoriroq unumdorlikni taqdim etadi. 

Chip 6/8GB tezkor hamda 128GB UFS 2.2 doimiy xotira bilan integrallashgan. Shuningdek, smartfonda xotirani kengaytirish uchun microSD hamda ikkita SIM-karta uchun slot mavjud. Qurilma Android 11 operatsion tizimiga asoslanagan realme UI 2.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Qurilmaga o‘rnatilgan 6.6 dyuyimli displey 144 gerts yangilanish chastotada ishlay oladi. realme'ning ta’kidlashicha, ushbu narx segmentida realme 9 SE modeli 144 gerts chastotali ekranga ega bo‘lgan birinchi smarton hisoblanadi. Ushbu ekran 30-144 gerts chastotalarga almashgan holda ishlashi mumkin. 

Shuningdek, ekran 240 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvtalagani uchun qurilmada o‘yinlarni zavq bilan o‘ynash mumkin. Ekran yorqinligi maksimal 600 nitga boradi. 

Smartondagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 30 vattda quvvat oladi. Chipsetning quvvat samaradorligi bilan qurilma akkumulyatorining avtonomlik vaqti video ko‘rishda 19.5 soatga yetishi mumkin. Taqqoslash uchun realme 9 Pro modelida 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 33 vattda quvvat oladi. 

Kamera haqid ma’lumot bersdigan bo‘lsak, smartfonga 48MP asosiy kamera, 2MP makro va sath kameralar o‘rnatilgan. Selfi kameraning rezolyutsiyasi esa 16MP ni tashkil qiladi. Asosiy kamera orqali 4K 30 kadr/sekund formatda video yozib olish mumkin. 

Barmoq izi skaneri qurilmaning yon tomonida joylashgan. realme 9 5G Speed Edition modelining narxi 6/128GB xotira uchun 262 dollar, 8/128GB uchun esa 300 dollarni tashkil qiladi. Smartfon 14 martdan realme.com veb-sayti va Flipkart hamda boshqa onlayn dokonlarda sotila boshlaydi.  

realme 9 5G 

Ushbu model 90 gerts chastotada ishlovchi 6.5 dyuymli displey bilan jihozlangan. Displey 1080x2400 piksel rezolyutsiyada bo‘lib, uning maksimal yorqinlik darajasi 600 nitni, sensorli namuna olish chastotasi esa 180 gertsni tashkil qiladi. 

Qurilma 5G modemga ega bo‘lgan hamda 6 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan Dimensity 810 chipi bilan jihozlangan. Garfika uchun Mali-G57 MC2 grafik protsessori javob beradi. Bazaviy xotira turi 4/64GB dan boshlanadi, shuningdek, 6/128GB xotira hajm ham mavjud. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Ushbu modelda ham bitta microSD va ikkita SIM-karta uchun slot mavjud. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan realme UI 2.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Unga 48MP asosiy kamera, 2MP makro hamda sath kameralar o‘rnatilgan. Selfi kamera rezolyutsiyasi 16MP ni tashkil qiladi. Ushbu model 4K formatda videoga ololmaydi, u faqatgina 1080p@30 kadr/sekund format bilan cheklangan. 

Smartfondagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 18 vattda quvvat oladi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uning avtonomlik vaqti video ko‘rganda 22 soatgacha yetishi mumkin. 

realme 5G qora va oq ranglarda taqdim etildi. Uning narxi 4/64GB uchun 200 dollar, 6/128GB uchun esa 230 dollarni tashkil etadi. 

O‘QING: Samsung Galaxy F23 smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!