realme 9 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

realme 9 seriyasiga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

realme brendi yaqin kunlar ichida realme 9 seriyasiga kiruvchi to‘rtta smartfonni taqdim etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, taqdimot 2022-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.

Smartfonlarning taqdimot sanasi yaqinlashgani sari ularning texnik jihatlariga oid yangi ma’lumotlar sizdirilishni boshlaydi. 

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarda realme 9i smartfoni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanishi hamda realme 9 Pro modeli 65 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan edi. Avvalroq sizdirilgan ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, Pro+ model 50MP asosiy kamera va 16MP selfi kameraga ega bo‘ladi. 

realme 9i modelining kameralariga oid hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Taxminlarga ko‘ra, ushbu smartfon 90Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.5 dyuymli FullHD+ rezolyutsiyadagi displey, Snapdragon 680G chipi va maksimal 8GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. 

O‘QING: iQOO Neo 5S va Neo 5SE smartfonlari taqdim etildi