Realme oktyabr oxiriga qadar to‘rtta kamerali uchta smartfon taqdim etadi

Realme oktyabr oxiriga qadar to‘rtta kamerali uchta smartfon taqdim etadi

Realme Hindistonning 64 megapikselli kameraga ega ilk smartfonini ishlab chiqarishga va’da bergan va unda to‘rtta kamera bo‘ladi.

Lekin bu smartfon yolg‘iz emas. Kompaniyaning Bosh ijrochi direktori Madhav Sheth jami uchta to‘rt kamerali smartfon ustida ishlanayotganini ma’lum qildi.

Realme 5 deb nomlanuvchi yuqori xususiyatlarga ega smartfonda (Samsung'ning ISOCELL GW1 sensoridan foydalanuvchi) 64 megapikselli kamera bo‘ladi.

Yangi Realme'da olingan 12 megapiksel rezolyusiyali tasvir namunasi

Janob Sheth ushbu rasmni pixel binning demonstratsiyasi sifatida namoyish qildi. Kompaniyaning Twitter'dagi sahifasida 64 megapikselli sensor haqida gapirilgandi (binning qilingandan so‘ng rezolyusiya 16 megapikselga teng bo‘ladi), biroq bu rasm 12 megapiksel. Bu esa tasvir 48MP kamerada olinganini ko‘rsatadi. Bizningcha, bu rezolyusiya (48MP) Realme X va 5 Pro'lardagi rezolyusiya bo‘ladi. Bu uchala smartfon Divali bayrami (27 oktyabr) dan oldin taqdim qilinadi. 4 kamera jamlanmasi ikkita telefoto moduli, 119° o‘ta keng burchak sensori va (4 sm uzoqlikdan rasmga olish uchun) makro sensordan iborat bo‘ladi.

O‘QING: Samsung'ning 108MP kamerasi taqdim sanasi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!