Realme'ning Coca-Cola smartfoni qo'lga chiqib ketdi (video)

Realme'ning Coca-Cola smartfoni qo'lga chiqib ketdi (video)

Avvalroq Xitoyning taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi, Realme, hamda, dunyoga mashhur gazli ichimlik brendi, Coca-Cola, o'zlarining hamkorlikdagi telefonlarini 10-fevral kuni rasman taqdim qilishlari xabar bergan edik. Biroq, taqdimotni kutishga hojat yo'q shekilli, Internetda allaqachon Coca-Cola logotipi tushirilgan Realme 10 Pro 5G smartfoni videosi tarqaldi.

Ulashilgan video tasvirda siz Realme o'tgan yilning dekabr oyida taqdim qilgan Realme 10 Pro 5G smartfonining Coca-Cola dizaynidagi versiyasini ko'rishingiz mumkin.

Video bizga smartfon old tomoni dizayni va smartfonning ichki interfeysi bilan ham tanishish imkoni beradi. Ko'rib turganingizdek, smartfon old tomoning yuqori markazida yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. Ichki interfeysga qaraydigan bo'lsak, orqa fon suratidan tortib ilovalar ikonkalarigacha qizil rangli "Coca-Cola" stili qo'llanilgan.

Smartfon orqa tomoni dizayni bilan oldingi xabarimizda tanishgan edik. Bu safar Realme o'zi ulashgan smartfon dizayni eskiziga asoslangan holda shuni qo'shimcha qilishimiz mumkinki, orqa tomonning kamera orolidan "realme" brendigacha bo'lgan torroq qismi jilosiz qora rangga bo'yalgan. Shuningdek, orqadan chap, oldidan esa o'ng yon tomonning pastrog'ida Coca-Cola logotipi o'yib tushirilgan.

Texnik xususiyatlarga keladigan bo'lsak, Realme 10 Pro 5G smartfoni, 120 gerts yangilanish tezligiga ega IPS LCD displey, 108 MP asosiy, 2MP portret, 16 MP selfi kamera, Snapdragon 695 chipseti, hamda, 6/8 GB operativ va 128 GB doimiy xotira bilan 33 Vt tezlikda zaryadlanadigan 5,000 mA/soat batareyada Android 13'ga asoslangan Realme UI 4.0 operatsion tizimida ishlar edi va uning Coca-Cola varianti ham xuddi shunday xususiyatlar bilan chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung Galaxy A14 5G, sharh

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!