Red Magic 7 va Red Magic 7 Pro smartfonlari taqdim etildi

Red Magic 7 va Red Magic 7 Pro smartfonlari taqdim etildi

Red Magic 7 Pro smartfoni ekranosti selfi kamerasiga ega bo‘lgan ilk o‘yinbop smartfon bo‘ldi. Yanada qiziq tomoni shundaki, u 135 vattda quvvat olishi mumkin. Nubia, shuningdek, o‘yinlar uchun iqtisoslashgan Red Core 1 chipini ushbu smartfonga joyladi. 

O‘QING: Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Redmi K50 Gaming taqdim etildi 

Yangi ICE 8.0 sovutish tizimi qurilmaning asosiy kuchi bo‘lib, unga daqiqasiga 20,000 marta aylanuvchi parrak o‘rnatilgan. Sovutish tizimi esa ikkinchi havo tuynuklari bilan birlashtirilgan. 

Avvalgi modellardagi tizimga qaraganda, yangi sovutish tizimi havo oqimini 35% ga tezlashtiradi. Bu esa chipset haroratini yana 3ºC gradusga pasaytirishga imkon beradi. Bularning barchasi Snapdragon 8 Gen1 chipini qizib ketishini oldini olib, CPU va GPU'ning bor imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan. 

Ikkala model ham 1080 x 2400 rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey bir xil bo‘lgani bilan uning ayrim texnik jihatlari ikki smartfonda turlicha. Misol uchun, Pro model displeyining o‘rtacha yorqinligi 700 nitni, oddiy modelniki esa 600 nitni tashkil qiladi. 

Eng muhimi shundaki, Pro model 120Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 960Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlasa, oddiy modelning displeyi 165Hz ekran yangilanish chastotasi va 720Hz sensorli namuna olish chastotasida ishlaydi. 

Qurilma romidagi o‘yin o‘ynashga mo‘ljallangan triggerlar ham takomillashdi. Endi ularning javob reaksiyasi 500 gertsga yetdi. Ushbu triggerlarni boshqarish ovoz, vibratsiya va o‘yin yorug‘lik effektlarini nazorat qiluvchi Red Core 1 chipi zimmasiga tushadi. 

Shuni ta’kidlash zarurki, Red Magic 7 Pro modeli ekranosti selfi kamera ega. Bundan oldin hech bir o‘yinbop smartfonga bunday turdagi selfi kamera o‘rnatilmagan edi. 

Red Magic 7 modeli esa oddiy selfi kameraga ega. U ekranning yuqori ramkasidan o‘rin olgan. Shuningdek, yangi Red Magic Studio ilovasi orqali o‘yinlarni 120 gertsda ( H.264 1080p formatda) yozib olish mumkin. 

Ikkala smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan Red Magic 5.0. grafik qobig‘ida ishlaydi. Red Magic Game Space esa trigger, smartfon unumdorligi hamda akkumulyator avtonomligini sozlash uchun hizmat qiladi. 

Pro model 135 vattda quvvat olishi sababli havo kulerining bu yerda ahamiyati yuqori. Ushbu kuchlanish bilan smartfon 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni 15 daqiqada to‘ldirishi mumkin. Sovutish parraklari ushbu jarayonda smartfonning qizib ketishini oldini oladi. 

Red Magic 7 esa 120 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. To‘liq quvvatlanish uchun ushbu model 17 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Ikkala qurilmaning qutisida 165 vattlik adapteri bo‘ladi. Shunday qilib u bilan smartfondan tashqari noutbuklarni ham zaryadlash mumkin. 

Sovutish tizimi haqida batafsil ma’lumot beradigan bo‘lsak, undagi parrak juda tez aylanadi. Shunday bo‘lsa-da, u shovqinsiz ishlay oladi. Uzoq muddat o‘yin o‘ynalaganda smartfon unumdorligini bir me’yorda ushlab turish uchun sovutish tizimi CPU yadrolari haroratini 16ºC gradusgacha tushirib berishi mumkin.

Albatta, smartfon faqatgina sovutish parraklari bilan cheklanib qolmaydi. Qurilmadagi ICE 8.0 tizimi issiqlikni tarqatuvchi to‘qqiz qatlamli sovutish strukturasiga ega. 

Bundan tashqari, smartfonlarga qo‘shimcha Turbo kulerni ham o‘rnatish mumkin. Bu esa issiqlik tarqatishni 17% ga yaxshilaydi. 

Red Magic 7 modeli Cyber Neon, Night Knight va Deuterium Transparent Edition versiyalarida chiqariladi. Cyber Neon va Night Knight versiyalarida Red Magic logotipi RGB yoritgichi bilan yoritiladi. Deuterium Transparent Edition versiyasining logotipi bilan bir qatorda sovutish parraklariga ham RGB yoritgichi qo‘shilgan. 

Red Magic 7 Pro modeli ham Cyber Neon, Night Knight va Deuterium Transparent Edition varsiyalarida taqdim qilindi. Uning yoritish texnikasi oddiy modelniki bilan bir xil. 

Ikkala modelga oldindan buyurtma berish kechadan boshlandi. 21-fevral sanasida qurilmalar sotuvga chiqadi. Shuningdek, ikki modelning global versiyasi 22-fevralda taqdim etiladi va ularning sotuv jarayonlari 10-martdan boshlanadi. Hozircha faqat Xitoy uchun ishlab chiqarilgan smartfonlarning narxi ma’lum. 

Red Magic 7

8/128GB - 630 dollar

12/256GB - 775 dollar 

Red Magic 7 Pro

12/128GB - 740 dollar

12/256GB - 837 dollar

18GB/1TB - 1185 dollar

Yangi Turbo kulerining taxminiy narxi 31 dollar bo‘lsa, uning magnitli turining narxi 47 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: realme 9 Pro va realme 9 Pro+ smartfonlari taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.