Red Pepper kompaniyasi Meizu M5 Note nusxasini yaratdi

Red Pepper kompaniyasi Meizu M5 Note nusxasini yaratdi

Xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilar dunyoga mashhur brendlar dizaynida turli qurilmalar klonlarini tayyorlab kelayotgani hech kimga sir emas. Biroq Xitoyning bir kompaniyasi boshqa bir xitoylik brend gadjetlaridan nusxa ko‘chirishi ancha kam kuzatiladigan holat.

Yaqinda Red Pepper kompaniyasi kutilmaganda Meizu M5 Note modeliga juda o‘xshaydigan Red Pepper Note 5 smartfonini namoyish qildi. Klon Meizu M5 Note modeliga nafaqat tashqi tomondan, balki texnik parametrlar bo‘yicha ham o‘xshab ketadi: Red Pepper Note 5 to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, 5,5i dyuymli FHD displey, Helio P10 protsessori, 4 Gb operativ va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Kameralar aniqligi 13+5 MP. Batareyasining sig‘imi 4000 mA/soat.

Smartfon faqat tillarang rangda sotuvga chiqariladi, narxi 144 dollar.

Manba: China-Review

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.