Redmi 10 5G va Redmi Note 11S 5G taqdim etildi

Redmi 10 5G va Redmi Note 11S 5G taqdim etildi

Xiaomi o‘zining so‘nggi taqdimotida 5G tarmog‘ida ishlovchi uchta smartfonni taqdim etdi. Redmi Note 11 Pro+ 5G modeli MediaTek Dimensity 920 chipi va 120 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. To‘liq quvvatlanish uchun smartfon 15 daqiqa vaqt sarflaydi. 

Redmi Note 11S 5G model Dimensity 810 va 33 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lasa, Redmi Note 10 5G model Dimensity 700 hamda 18 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. 

Redmi Note 11 Pro+ 5G

Ushbu smartfon yil avvalida Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan Redmi Note 11 Pro+ 5G va Hindiston uchun taqdim etilgan Xiaomi 11 HyperCharge 5G modeli bilan bir xil. Qurilma FullHD rezolyutsiyadagi 120 gert 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Unga 108MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera o‘rnatilgan. 

Dimensity 920 chipi 6/8GB tezkor va  128/256GB doimiy xotira bilan integrallasha oladi. Smartfondagi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator esa 120 vattda quvvat oladi. To‘liq quvvatlanish uchun taxminan 15 daqiqa vaqt ketadi. 

Redmi Note 11 Pro+ 5G smartfoni Graphite Grey, Star Blue va Forest Green ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha: 

6/128GB - 369 dollar

8/128GB - 399 dollar

8/256GB - 449 dollar 

6-8 aprel sanasida AliExpress do‘koni orqali ushbu smartfonni sotib olgan xaridorlar 20, 30 va 40 dollarlik chegirmalarga ega bo‘ladilar. 

Redmi Note 11S 5G 

Redmi Note 11S 5G modeli Poco M4 Pro 5G'ning qayta brendlangan versiyasi bo‘lib, u 90 gertsda ishlovchi 6.6 dyuymli IPS LCD displeyi va Dimensity 810 chipi bilan jihozlangan. Qurilmaga 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera o‘rnatilgan. Undagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 33 vattda quvvat oladi. 

Smartfon Midnight Back, Twilight Blue va Star Blue ranglarda bo‘ladi. Uning narxi quyidagicha: 

4/64GB - 249 dollar

4/128GB - 279 dollar

6/128GB - 299 dollar

Redmi 10 5G 

Redmi 10 5G smartfoni Redmi 10 seriyasining eng so‘nggi a’zosi bo‘lib, texnik ko‘rsatkichlardan yaqinda Xitoy bozori uchun taqdim etilgan Redmi 11E  modeliga o‘xshaydi. Dimensity 700 5G chipi sabab smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Shuningdek, unga 90 gerts FHD+ rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli IPS LCD displeyi o‘rnatilgan. Orqa paneldan esa 50MP asosiy kamera va 2MP sath kamera o‘rin olgan. Smartfon 18 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

Redmi 10 5G modeli Graphite Grey, Chrome Silver va Aurora Green ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha: 

4/64GB 199 dollar 

4/128Gab - 299 dollar

O‘QING: Eng kuchli kamerali smartfon jonli suratlari tarqatildi