Redmi 6 foydalanuvchilarni maftun qilmadi

Redmi 6 foydalanuvchilarni maftun qilmadi

Joriy yilning boshida, aniqrog‘i fevralda Xiaomi kompaniyasi Hindiston smartfon bozori uchun Redmi Note 5 Pro smartfonini taqdim qildi. Mazkur smartfon ishlab chiqaruvchining qo‘sh sensorli bosh kameraga ega bo‘lgan ilk hamyonbop smartfoni bo‘ldi. Xitoylik korporatsiya dizaynerlari smartfon "istarasi" ustida ko‘p ham bosh qotirishmadi. Ular iPhone X korpusining orqa tomonini ko‘chirib, faqat orqasiga dumaloq shakldagi barmoq izi skanerini joylab qo‘ya qoldilar. Xiaomi Redmi 6 masalasida esa dizaynerlarning yanada dangasalashib qolganlari ma’lum bo‘ldi.

2018 yilning mart oyidan boshlab xalqaro bozorda sotilayotgan Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus modellarining o‘ziga xosligi sifatida 18:9 nisbatli tomonlar, old tomonning 78% qismini egallab olgan cho‘zinchoq ekranni aytish mumkin. Old panel yon tomonlaridagi hoshiya ham, ekran yuqorisi va quyisidagi maydonlar ham smartfon "istarasi"ni buzib turibdi.

Yaqindagina navbatdagi hamyonbop model bo‘lmish Xiaomi Redmi 6 ilk marotaba internet tarmog‘ida ko‘rinish berdi. Uning tashqi ko‘rinishi ko‘pchilikni hozirdanoq qiziqtirib qo‘ygan. Bu to‘g‘ridagi fikrlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish mumkin. Ayniqsa, ekran yuqorisidagi kesiq gadjetning iPhone X kabi ko‘rinishga olib kelgan.

O‘qing: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Yangi devaysda old paneldagi ekran ulushi ancha kattalashgan, ya’ni tomonlar nisbati 19:9 standartga yetgan smartfon displeyining bo‘yi yanada cho‘zilgan. Shunga qaramasdan, aksariyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, Xiaomi Redmi 6 displeyining ustidagi «o‘yiq» smartfonga u qadar ham yarashmagan. Ayrimlar esa bu hamyonbop smartfonlar uchun yaxshi yechim bo‘lganini qayd etgan.

Ehtimol, internet tarmog‘ida Xiaomi Redmi 6 modelining oq rangli talqini tarqalgani uchun ko‘pchilikka manzur bo‘lmagandir. Boisi, ekran yonlaridagi hoshiyalar oq talqinda yanada qo‘pol aks etgan. Qora rangli talqinning ko‘rinishi bir oz boshqacha bo‘lar edi. Umuman olganda, 150 AQSh dollarigacha bo‘lgan narx evaziga bunday smartfon xarid qilishni hamma ham xohlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!