Redmi Note 5'ning xalqaro bozorda sotilish vaqti ma’lum bo‘ldi

Redmi Note 5'ning xalqaro bozorda sotilish vaqti ma’lum bo‘ldi

Suratga tushmaydigan, "top" samaradorlik ortidan chopmaydigan, biroq displeyda tasvir va tomosha ko‘rishga ishtiyoqmand odamlar uchun, 2017 yilning 7 dekabrida Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus modellari taqdim qilingan edi.

Kecha Xiaomi kompaniyasi rasmiysi tomonidan mazkur modellarning xalqaro bozorda sotilish muddati ma’lum qilindi. Unga ko‘ra keyingi oyda, ya’ni fevralda Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlari Xitoydan tashqarida ham sotila boshlaydi.

O‘ziga xos jihati shundaki, Redmi 5 Plus modeli xalqaro bozorga "Redmi Note 5" nomi bilan sotiladi. Ya’ni, Yevropa va Osiyo bozorlarida bu hamyonboplar boshqacha nomlanadi.

Xiaomi kompaniyasi bir muddat avval Redmi Note turkumi modellarining eng xaridorgir ekanini aytgan edi. Qo‘sh modulli kamera, keng displey va nisbatan kuchli texnik jihatga ega bo‘lgani uchun ham bu modelni "Redmi Note 5" deb sotishga qaror qilingan.

Xiaomi Redmi 5 texnik jihatlari:
Korpus materiali: metall, shisha;
Operatsion tizim: Android Nougat, MIUI 9
Aloqa tarmoqlari: 2 ta sim-kartali, GSM (1/3/5/8), CDMA (BCO), WCDMA (1/2/5/8), TD-SCDMA (34/39), TDD-LTE (34/38/39/40/41), FDD-LTE (1/3/5/7/8);
Displey: IPS 5,7'', sig‘imi 1440x720 piksel (HD+), tomonlar nisbati 18:9 standartida, ekranning yorug‘lik miqdori 450 nit, kontrast 1000:1, 72% NTSC;
Protsessor: Qualcomm Snapdragon 450, 8 yadro (Cortex-A53), 1,8 GGs chastota tezligi, 64 bit, 14nm;
Grafik chip: Adreno 506;
Operativ xotira: 2/3 Gb;
Doimiy xotira: 16/32 Gb, microSD mavjud;
Interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4 GGs, Bluetooth 4.2, quvvatlash/sinxronizatsiya uchun microUSB, 3.5 mm.li garnitur;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi -- 1,25 mkm hamda PDAF texnologiyasi;
Old kamera: 5 Mp, fotochaqnoq;
Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou;
Qo‘shimcha: Barmoq izlari skaneri;
Batareya: litiy-polimer (Li-Pol), 3300 mA soat sig‘imli;
O‘lchamlari: 151,8 mm x 72,8 mm x 7,7 mm;
Vazni: 157 gramm.

Xiaomi Redmi 5 Plus'ning texnik jihatlari:
Korpus materiali: metall, shisha;
Operatsion tizim: Android Nougat, MIUI 9;
Aloqa tarmoqlari: 2 ta sim-kartali, GSM (1/3/5/8), CDMA (BCO), WCDMA (1/2/5/8), TD-SCDMA (34/39), TDD-LTE (34/38/39/40/41), FDD-LTE (1/3/5/7/8);
Displey: IPS 5,99'', sig‘imi 2160x1080 piksel (FullHD+), tomonlar nisbati 18:9, ekran yorug‘ligi miqdori 450nit, kontrast 1000:1, 84% NTSC;
Protsessor: 14 nm, Snapdragon 625, 8 yadroli (Cortex-A53 2,0 GGs);
Grafik chip: Adreno 506;
Operativ xotira: 3/4 Gb;
Doimiy xotira: 32/64 Gb, microSD mavjud;
Interfeys: Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4 GGs, Bluetooth 4.2, microUSB porti, 3.5 mm.li garnitur;
Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi 1,25 mkm va PDAF texnologiyasi;
Old kamera: 5 Mp, fotochaqnoq;
Navigatsiya: GPS, GLONASS, BeiDou;
Qo‘shimcha: barmoq izlari skaneri;
Batareya: litiy-polimer (Li-Pol), tok sig‘imi 4000 mA soat;
O‘lchamlari: 158,5 mm x 75,45 mm x 8,05 mm;
Vazni: 180 gramm.

Xitoyda Xiaomi Redmi 5'ning eng arzoni (2/16 Gb) uchun $120, 3/32 Gb talqini uchun esa $135 dollar narx belgilangan. Xiaomi Redmi 5 Plus'ning standart (3/32 Gb) talqini $150 hamda 4/64 Gb versiyasi $196 dollardan sotuvga chiqariladi. Xalqaro bozorda narxlar 20 dollargacha oshishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!