Redmi Note 7 Pro “qotili”: Meizu 16Xs rasman taqdim qilindi!

Redmi Note 7 Pro “qotili”: Meizu 16Xs rasman taqdim qilindi!

Avvalroq, Meizu 16Xs smartfoni 23 may kuni taqdim etilishi haqida yozgandik. Keyinroq esa taqdimot 30 may kuniga ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi. Nihoyat, bugun Meizu kompaniyasi o‘zining Meizu 16Xs nomli yangi smartfonini namoyish etdi.

Yangi qurilmaga 2232x1080 piksel aniqlikdagi 6,2 dyumlik AMOLED-displey o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuza qismidan Super mTouch nomli barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan. Samaradorlik uchun Snapdragon 675 protsessori, avtonomlik uchun esa 4000 mA/soatlik (18 vattlik tezkor quvvatlash rejimiga ega) akkumulyator javobgar.

Анонс Meizu 16Xs – средний класс в фирменном стиле

Foydalanuvchilar ikki xil xotira hajmiga ega bo‘lgan versiyalarni tanlashi mumkin: 64 yoki 128 GB. Ikkala versiyada ham operativ xotira 6 gigabaytni tashkil qiladi.

Smartfonni bugundan boshlab sotib olish imkoniyati mavjud. Narxga keladigan bo‘lsak: doimiy xotirasi 64 gigabayt bo‘lgan arzonroq versiya 245 dollar, 128  gigabaytligi esa 290 dollarga baholangan.

Анонс Meizu 16Xs – средний класс в фирменном стиле

Quyida Meizu 16Xs'ning texnik xususiyatlari  bilan tanishishingiz mumkin:

  • Tarmoq: GSM (2, 3, 5, 8), CDMA (BC0, BC1, BC6, BC10), WCDMA (1, 2, 3, 4, 5, 8-bandlar), TD-SCDMA (Bandlar 34, 39) , FDD-LTE (tarmoqli 1, 3, 5, 8), TDD-LTE (tarmoqli 34, 38, 39, 40, 41)
  • Dasturiy ta’minot: Android 9 Ply asosida yaratilgan Flyme3
  • Displey: 6.2 ", 18.6: 9, 2232 x 1080 piksel, HDR, 10 000: 1, 403ppi, 430 nit, AOD, AMOLED, 2,5D shisha.
  • Kamera: Uchtalik, 48 megapiksellik (Sony IMX586, f / 1.7, ko‘rish burchagi 79 gradus, avtofokus, 0.8 mikron) + 5 megapiksellik chuqurlik sensori (f / 1.9, 4 linzali) + 8 MP keng burchakka ega (f / 2.2, 5 linzali, 118.8 daraja ko‘rish burchagi), PDAF, LED chirog‘i, AI, boke, tungi rejim) modul.
  • Old kamera: 16 MP, f / 2.2, 5 linzalari, AI, boke, Face Unlock 2.0, go‘zallik rejimlari
  • Protsessor: 8 yadro, 11 nm, 2 Ggs, Qualcomm Snapdragon 675
  • Grafik tezlatkich: Adreno 612
  • RAM: 6 Gb LPDDR4X 2133 MHz
  • Ichki xotira: 64/128 GB, UFS 2.1
  • Xotira kartasi uchun bo‘lmacha: Yo‘q.
  • Dual GPS, A-GPS, GLONASS, Beidou
  • Bluetooth 5.0, LDAC, aptX / aptX-HD
  • Wi-Fi (802.11a / b / g / n / ac), 2.4 / 5 GGs, Wi-Fi Direct, 4x4 MIMO
  • USB 2.0 Type-C
  • 3,5 millimetrlik audiotirqish.
  • Displey osti daktiloskop.
  • Batareya: 4000 mAh, mCharge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasi.
  • O‘lchamlari: 152 x 74.4 x 8.3 mm
  • Og‘irligi: 165 gramm

Allaqachon bozorga chiqib ulgurgan aksariyat Meizu smartfonlarini esa 733 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda, naq bir yillik rasmiy kafolati bilan Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.