Rekordchi romsiz smartfon – OPPO Find X ilk videoda ko‘rindi!

  •   DiMaX
  •  1083
  •  18.06.2018 11:23

Rekordchi romsiz smartfon – OPPO Find X ilk videoda ko‘rindi!

Xitoyning taniqli va eng ko‘p smartfon sotuvchi kompaniyalaridan biri sanalmish OPPO o‘zining yangi flagmani – Find X taqdimotini 19 iyunga belgilagan. Parijdagi Luvr muzeyida bo‘lib o‘tuvchi rasmiy namoyishdan avval uning reklama roligi internetga chiqib ketdi.

O‘QING: Find X flagmani xususiyatlarini OPPO rasman ma’lum qildi

Mazkur videolavha bir necha soniyagina davom etadi, ammo shu muddat mobaynida ham smartfon dizaynini ko‘rib, u haqda tasavvur hosil qilishga ulguramiz. Unga ko‘ra, OPPO Find X korpusining old yuzasini butunlay ekran qoplab olgan. Romsiz displeyning burchaklari dumaloqlangan, uning pastidagina yupqagina hoshiya ko‘zga tashlanadi.

Smartfonning orqa paneli namoyishiga esa bir soniyadan ham kam vaqt ajratilgan, lekin shundayam orqa qopqoqning yangicha dizayni hamda undagi qo‘shaloq asosiy kamera e’tiborni tortadi.

Mana, OPPO Find X reklama roligini birga tomosha qilamiz:

Find X smartfoni eng ilg‘or texnik jihatlar bilan ta’minlanishi haqida avval ham yozganmiz. Snapdragon 845 protsessori, besh karrali optik zumga ega qo‘sh kamera, akkumulyatorni sanoqli daqiqalarda to‘ldiruvchi Super VOOC texnologiyasi shular qatoridadir.

Shuningdek, yuqorida taqdim etilgan videolavhadan kelib chiqadigan bo‘lsak, OPPO Find X ekranning romsizligi bo‘yicha rekordni yangilaydigan ko‘rinadi. Hozircha esa, yaqindagina namoyish etilgan innovatsion Vivo Nex smartfoni displeyning old panelga nisbati bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi.

O‘QING: Eng innovatsion, rekordchi romsiz va yana bir qator texnologiyalarda yetakchi Vivo NEX smartfonlari taqdim etildi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!