Render: Samsung Galaxy J7 (2017) aks etgan video e’lon qilindi

Render: Samsung Galaxy J7 (2017) aks etgan video e’lon qilindi

Samsung Galaxy J7 (2017) modeli Janubiy Koreya kompaniyasining o‘rta segmentga mansub arzon narxli modeli hisoblanadi. Smartfon 2017 yilning birinchi choragida taqdim qilinishi kutilayotgan edi. Biroq Hindistonning Zauba resursida paydo bo‘lgan ma’lumotlar qurilmaning tez orada namoyish etilishiga ishora qilmoqda.

Shuningdek, ommabop smartfonning yangi versiyasiga tegishli surat va 360 gradusli video ham internet tarmog‘ida tarqaldi. Smartfon 51.34 x 76.20 x 8 mm o‘lchamda ishlangan, og‘irligi hozircha noma’lum. Phone Arena nashrining yozishicha, unga 5,5 dyuymli Full HD (Galaxy J7 (2016) modeli HD displey bilan jihozlangan), sakkiz yadroli Exynos  protsessori, 3 Gb operativ va 16 GB doimiy xotira o‘rnatiladi.

Asosiy kameraning aniqligi 13 MP, old kameraniki 5 MP.

Samsung Galaxy J7 (2017) Android 7.0 Nougat dasturida ishlashi ma’lum qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!