Reyting: O‘zbekistonda internet tezligi oshmoqda

Reyting: O‘zbekistonda internet tezligi oshmoqda

«Speedtest Global Index» har oy dunyo bo‘ylab simsiz va simli internet tezligi reytingini e’lon qilib boradi. Ushbu reytingga ko‘ra, O‘zbekistondagi mobil internet tezligi may oyida ikki pog‘onaga yuqorilagan, deb xabar bermoqda Xabar.uz.

Endilikda O‘zbekiston ro‘yxatdan o‘rin olgan 125 davlat orasida 113-o‘rinni egallab turibdi (8,91 Mbit/s).

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston to‘rt pog‘ona yuqorilab, 115-o‘rinda qayd etilgandi.

Mamlakat simli internet tezligi bo‘yicha avvalgi o‘rnini saqlab qolgan: 135 mamlakat orasida 128-pog‘ona. Biroq tezlik oshgan — aprelda 6,78 Mbit/s. qayd etilgan bo‘lsa, may oyida 6,82 Mbit/s.ni tashkil etgan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda Norvegiya (62,70 Mbit/s) birinchi pog‘onaga ko‘tarilgan, simli internet borasida esa hamon Cingapur yetakchi (170,99 Mbit/s).

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!