Riot Games kompaniyasi World of Tanks o'yini studiyasini sotib oldi

Riot Games kompaniyasi World of Tanks o'yini studiyasini sotib oldi

Riot Games o'yin ishlab chiqaruvchisi Wargaming kompaniyasining World of Tanks va World of Warships o'yinlari ortida turgan Wargaming Sydney studiyasini sotib olganligini e'lon qildi. Narx haqidagi ma'lumotlar ochiqlanmagan.

Asli BigWorld nomi bilan 2002-yilda Avstraliyada tashkil topgan studiya 2012-yilda belorusiyalik (hozirda Kiprusda joylashgan) Wargaming kompaniyasi tomonidan sotib olingan bo'lib, uning nomi Wargaming Sydney nomiga o'zgartirilgan edi. Studiya bilan birgalikda World of Tanks, World of Warships va World of Warplanes kabi taniqli o'yinlar ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, BigWorld, yoxud Wargaming Sydney ko'plab o'yinchilar bilan o'ynaladigan onlayn o'yinlarni ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan vositalar va boshqa dasturiy ta'minot arxitekturasini ham yaratadi.

Ma'lum bo'lishicha, Wargaming Sydney'ni sotib olgandan keyin, Riot Games uning nomi Riot Sydney'ga o'zgartiradi. Shuningdek, kompaniyaning ta'kidlashicha, studiya Valorant va League of Legends kabi Riot o'yinlarini rivojlantirishga yordam beradi.

O'QING: Kanye Vest Parler ijtimoiy tarmog'ini sotib olmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!