Rivojlangan davlat aholisi qaysi kompaniyalar smartfonini ishlatmoqda?

Rivojlangan davlat aholisi qaysi kompaniyalar smartfonini ishlatmoqda?

Wave7 Research taqdiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan bozor tahlili natijasida aniqlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisi ishlatadigan mobil qurilmalarning 90% dan ortig‘ini yoki Apple, yoki Samsung smartfoni tashkil qiladi.

Bu haqida PCmag sayti xabar bermoqda.

Kompaniya hisobotida aytilishicha, Verizon va T-Mobile operatorlari tomonidan sotilgan smartfonlarning mos ravishda 94 va 91% ini Samsung Galaxy yoki Apple iPhone'lar tashkil qilgan.

Dekabr oyi bayram mavsumida to‘rt asosiy operator — Sprint, AT&T, Verizon va T-Mobile — sotgan mobil qurilmalar orasida eng bozori gullagani Apple iPhone 11 bo‘lgan. Samsung'ning eng xaridorbop qurilmasi esa Galaxy S10 ekanligi aniqlangan.Bunday ko‘rstakichga asosiy sabab shuki, global bozorda mavjud bo‘lgan ko‘plab taniqli brendlarning qurilmalarini operatorlar do‘konlaridan topish qiyin. To‘g‘ri, Motorola, LG va Google mobillarini operatorlar savdo rastalaridan topish mumkin, lekin ularning savdosi unchalik ham chaqqon emas.

Google Pixel'lar operatorlar smartfon bozorining 2—4% ini tashkil qilgan bo‘lsa, OnePlus'ga T-Mobile do‘konlarida 2.3% lik ulush tegdi.Amerikaliklar kamdan-kam hollarda qulfdan chiqarilgan (operator tanlamaydigan) smartfon xarid qilishadi. AQShliklarning aksariyati telefon xarid qilishdan ham oldin operator tanlaydi. So‘ng tanlangan operator do‘koniga boradi. U yerdagi takliflarning aksariyatini esa eng so‘nggi Galaxy yoki iPhone flagmanlari tashkil qiladi.

Biroq simsiz prepeyd xizmati borasida bir qadar xilma-xillik kuzatilgan. Masalan, T-Mobile'ning Metro brendida Samsung, LG va Motorola'lar dekabr oyining birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan brend bo‘lgan. Sprint'ning mobil virtual tarmoq operatori Boost Mobile'da esa iPhone va Samsung Galaxy'lar eng ko‘p sotilgan top to‘rt qurilma bo‘lgan bo‘lsa, LG Stylo 5 ushbu ro‘yxatda beshinchi bo‘ldi.Oppo, Realme va Xiaomi kabi brendlar Yevropa bozoriga shiddat bilan kirib borayotgan bo‘lishiga qaramay, ularni AQShda topib bo‘lmaydi. Wave7'ning hisobotida berilgan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, bu kompaniyalar bilan vaziyat yaqin fursatlarda o‘zgarishini kutmasak ham bo‘ladi.

Amerika bozoriga kirib borish uchun ulardan bir necha milliard dollarlik reklama kampaniyasi talab qilinadi.

O‘QING: UzMobile'ning qo‘pol, Beeline'ning ta’magir operatori bilan suhbatlashdik

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!