Roboakula: okeanni tozalovchi robot

Roboakula: okeanni tozalovchi robot

Sir emas, dunyo okeanlariga har kuni juda ko‘p miqdorda chiqindilar tashlanadi. Shu sabab okeanlarni tozalash ustida jiddiy o‘ylab ko‘radigan payt keldi. Shu maqsadda RanMarine kompaniyasi vakillari Waste Shark nomli okeanni chiqindilardan tozalaydigan roboakulani yaratishdi. Robotlar Rotterdamdagi port buxtasida chiqindilar katta okeanga chiqqunga qadar ularni tozalaydilar. Roboakulalar ikkita: “katta” va “kichik” modifikatsiyalarda ishlab chiqarilmoqda. Hozirda Rotterdam portida 6 ta shunday “akulalar” harakatlanmoqda. Ularning har bittasi 500 kilogrammagacha chiqindi yig‘a oladi, “nahang” tumshug‘ining ochiq qismi 30 santimetrni tashkil etadi.

Agar loyihaga kelgusida katta moliyaviy mablag‘ jalb etilsa, yangi roboakulalar okeanga chiqariladigan chiqindilar hajmini qisqartirishga xizmat qiladi. Yangi robotlar boshqa analoglardan o‘zining yuqori tezligi bilan farq qiladi.