RoboKidz Education Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan robotexnika chempionatida ishtirok etdi

RoboKidz Education Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan robotexnika chempionatida ishtirok etdi

3—4 iyul kunlari Ostonadagi Ekspo markazda World Robot Olympiad (WRO) nomi ostida milliy musobaqa bo‘lib o‘tdi. Chempionatda butun mamlakatning 300 nafardan ortiq maktab o‘quvchilari ishtirok etdi, deb yozmoqda Daryo.uz.

O‘zbekistondagi RoboKidz Education robotexnika maktabining jamoasi ham tadbirga taklif etildi hamda chempionatda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. 


Bellashuv milliy bo‘lishiga qaramasdan haqiqiy ehtiroslarga boy bo‘ldi. Bolalar bir necha hafta davomida ushbu tadbir uchun tayyorgarlik ko‘rdi: o‘z robotlarini o‘ylab topdi, dasturlashtirdi va yasadi. Natija esa o‘zini oqladi: mehmon sifatida taklif qilingan RoboKidz jamoasi (Nikolay Kan va Stanislav Yem) musobaqada munosib ishtirok etib, faxriy ikkinchi o‘rinni egalladi.


Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!