Robot ko‘z to‘r pardasida murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi (Video)

Robot ko‘z to‘r pardasida murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi (Video)

Kuni kecha Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida robot yordamida murakkab jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyoti paytida robot masofadan boshqarilgan va ko‘z to‘r pardasidagi juda ham kichik bo‘lgan fragmentni olib tashlashi kerak bo‘lgan. hi-tech.mail.ru nashrining yozishicha, hatto eng tajribali jarroh ham mazkur amaliyotni yuqori aniqlikda bajara olmas edi. Chunki mexanik tarzda ko‘z to‘r pardasidagi mitti fragmentni olib tashlashga insonning nafas olishi va yuragining urishi yo‘l qo‘ymas edi. Shuning uchun shifokorlar mazkur operatsiya uchun robotdan foydalanishga qaror qilishgan.

Robot millimetrning mingdan bir ulushigacha bo‘lgan aniqlikda jarrohlik amaliyotini bajarishga qodir. Juda ham kichik bo‘lgan teshik orqali robot bemorning ko‘ziga zaruriy amaliyot jihozini kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ko‘zning to‘r pardasini ochishga mo‘ljallangan uzatma 7 xil, har biri mustaqil ishlay oladigan motorlar yordamida boshqarilgan. Professor Robert Maklaren qurilmaning ishini mikroskopdan qarab, sensorli ekran va joystik orqali nazorat qilib turgan.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangani sababli robot yordamida yana 12 ta turli og‘irlikdagi operatsiyalarni amalga oshirish rejalangan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!