Robot lox-ness maxluqi mavjud emasligini isbotladi

Robot lox-ness maxluqi mavjud emasligini isbotladi

Bir guruh olimlar Shotlandiyadagi Lox-Ness ko‘lida yashovchi afsonaviy maxluq haqidagi uydirmalarga oydinlik kiritish maqsadida maxsus robotni ishga soldi. Natijalarga ko‘ra, ko‘lning eng chuqur joyida ham mahluq yo‘q ekanligi isbotlandi. Bu haqida Sky News xabar tarqatdi.

Tadqiqotlar

Loch Ness Project tadqiqotchilari ko‘lga suv osti relefini boshidan oyoq o‘rganish maqsadida maxsus snaner qiluvchi “aqlli” qurilmani tushirishdi.

Munin nomli mazkur robot suv ostida ham yuqori tiniqlikda suratga olish imkoniga ega. Maxluqni topish uchun qurilmaga gidrolokator o‘rnatildi. U eng past ovozlarni ham ilg‘ay oladi.

Maxluq mavjudmi?

Loyiha boshlig‘i Edrian Shaynning ta’kidlashicha, robot ko‘l ostini, maxluq yashirinishi mumkin bo‘lgan joygacha to‘liq tekshirib chiqqan. Avvalari ko‘lning 230 metr chuqurlikdagi qismida o‘sha jonzot yashiringan bo‘lishi mumkinligi haqida farazlar mavjud edi. Tekshiruv turli ekstremal sharoitlarda o‘tkazildi. Biroq, izlangan narsa topilmadi. Tadqiqotchilar u yerdan faqat ikkinchi jahon urushidan qolgan bombardirovkachi va yuz yillik baliqchilar qayig‘ini topishgan, xolos.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!