Robot-suvilon ishlab chiqildi

Robot-suvilon ishlab chiqildi

Norvegiyaning Kongsberg Maritime kompaniyasi mutaxassislari ishlab chiqqan suv ostida suzuvchi antiqa ko‘rinishdagi robot-ilonni namoyish etdi. Loyiha dengiz tekshiruvlari va texnikalar ta’minotiga ko‘maklashish maqsadida yaratilgan. Bu haqida kompaniya rasmiy sayti ma’lum qildi.

Xuddi ilon kabi

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari Eelum roboti loyihasi ustida 10 yilga yaqin ilmiy izlanishlar olib borgan. Mazkur yangi qurilma suv osti tadqiqotlarini o‘tkazish uchun ishlatilayotgan ulkan va qimmatbaho texnikalarning o‘rnini bosishi rejalashtirilmoqda.

Robot-ilon o‘zining qayishqoqligi va pishiqligi sababli noqulay ob’yektlarni o‘rganishda katta qiyinchilikka uchramaydi. Qurilma maxsus pult vositasida masofadan turib boshqariladi.

Funksiyalari

Robot asosan mahalliy tadqiqotlar uchun ishlab chiqildi. Shuningdek, u dengizdagi buzilgan texnikalarning suv osti qismida ta’mirlash ishlari borayotgan chog‘da yoritib berish, tasvirga va rasmga olish kabi vazifalarni ham bajara oladi. Shuningdek, ventilni burash, qopqoq o‘rnatish imkoniga ham ega.

Dasturchilar mazkur ixtiro suv osti inspeksiyasi uchun sarflanadigan ortiqcha chiqimlarni keskin kamaytirishga xizmat qilishiga umid qilmoqda.

Mazkur qurilma haqidagi maxsus videoni Youtube.com`da tomosha qilishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!