Robot-o‘t o‘chiruvchi

Robot-o‘t o‘chiruvchi

O‘rmon yong‘inlari tabiatga, tevarak atrofga, nabotot va hayvonot olamiga g‘oyat katta talofat keltiradi. Bunday turdagi yong‘inlarni bartaraf etish uchun hukumatlar yirik mablag‘ sarflaydi.

Ana shunday muammolarni chuqur o‘rgangan Gonkongning Insight Robotics kompaniyasi maxsus loyiha taklif etmoqda. Ya’ni ular yuqori texnologiyali tutun detektori—robot-o‘t o‘chiruvchini ishlab chiqdi. Uskunaga joyga qarab harakatlarini o‘zgartuvchi so‘ngi avlod datchiklari o‘rnatilgan.

Mazkur loyiha qatnashichlaridan biri Reks Sham “Robotda 2 ta kamera mavjud: ulardan biri – issiqlik, ikkinchisi esa yorg‘likni bir me’yorda ushlab turuvchi detektorlar bilan jihozlangan. Piromterli kamera soniyasiga 50 ta kadr oladi va bizga yetkazilgan mavjud algoritmlar, ya’ni yongan, yonayotgan jismlar ko‘rsatgichlari qayta ishlanadi”, deydi.

Qurilmaning kuzatuv radiusi 5 kilometrdan kam emas.

“Shundan so‘ng yong‘in o‘choqlari aniqlangach, qo‘shimcha navigatsiya uskunalari orqali olovni to‘xtatish mumkin. So‘ng mazkur joy xaritadan aniqlanib, yong‘in bo‘yicha umumiy qaror qabul qilinadi”, deya qo‘shimcha qildi Reks Sham.

Hozirda mazkur loyiha bir necha mamlakatlarda sinovda o‘tkazilmoqda. Bordiyu natijalar muvaffaqiyatli bo‘lsa, yong‘in xavfsizligi xizmatiga ana shunday texnikalar jalb qilish turgan gap.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.