Robot Yaponiya universitetlarining birida dars berishni boshlaydi

Robot Yaponiya universitetlarining birida dars berishni boshlaydi

Yaponiyadagi mahalliy universitetlarning birida talabalarga ma’ruza o‘qiydigan birinchi robot-tarjimon ish boshlaydi, deb yozmoqda 24TV sayti.

Robot mashhur yapon yozuvchilaridan biri, zamonaviy yapon adabiyoti asoschilaridan hisoblangan Natsume Soseki qiyofasida ishlab chiqilgan. Robot-o‘qituvchi adabiyot faniga doir ma’ruzalarni o‘qishga xizmat qiladi. Olimlar kelgusida talabalarning robot ma’ruzasiga bildiradigan munosabatlarini ham kuzatishni rejalashtirishgan.

Agar ushbu amaliyot o‘quv yurtlarida muvaffaqiyat qozonsa, Yaponiyada boshqa fanlar bo‘yicha ham ma’ruza qiladigan robotlarning paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ixtirochilar robotlarni tabiiy ko‘rinishi uchun odam qiyofasida loyihalashtirishmoqda.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.