ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

  •   Saroy
  •  4118
  •  11.06.2018 15:30

ROBOTLAR ISYoNI  – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

«Sun’iy idrok ertami, kechmi boshimizga yetadi» – deydi Tesla  rahbari Ilon Mask. Uning xavotiri haqiqatga qanchalik yaqin?

Bir vaqtlar inson imkoniyatidan ozgina tashqarida bo‘lgan voqe’liklar mu’jiza, deb qaralardi. Ularning amaliyotda ham  shunday bo‘lishiga aslo ishonmasdik. Aqlimiz yetmaganidan ularni fantastika, deb atadik. Fantastika iborasi hayotimizda emas, balki  hayolatimizda ro‘y beradigan hodisalar bilan uyg‘un tushinilardi. Lekin inson zoti kashfiyot qilishdan hech qachon to‘xtamadi, kecha ishonish qiyin bo‘lgan hodisalar bugun kundalik turmush tarzimizga aylanaverdi. Hozirga kelib, inson uchun yuqori texnologiyalar, nanotexnologiyalar, robot mashinalar, ayniqsa, sun’iy idrok kunda ishlatiladigan iboralarga aylanib ulgurdi. Ularsiz ertangi hayotimizni endi tasavvur ham qilolmaymiz. Amma fan va texnologiyalarning bu qadar tez sur’atda rivojlanishiga insonning o‘zi hamqadam bo‘la olayaptimi?  Texnologiyalar shu qadar tez taraqqiy etayotgan bir sharoitda  tadrijiy rivojlanishga ko‘nikib kelgan  insoniyat  o‘zini  ushbu sur’atga moslashtira olyaptimi? Ertaga insonning o‘zi, o‘z qo‘li bilan  yaratgan sun’iy idrok oldida ojiz jonzot holiga tushib qolmasmikan?  Ha, ishonavering, taraqqiyot insonlarga cheksiz imkoniyatlarni va’da qilish bilan birga, xavotirli o‘ylarga ham cho‘mdirmoqda.     

Masalan, o‘sha mashhur Tesla va SpaceX kompaniyasining rahbari, Mars sayyorasini o‘zlashtirish-u, xayperlup tashuv tizimlari haqidagi g‘oyalari bilan tanilgan tadbirkor, milliarder Ilon Mask  ham sun’iy idrok haqida xavotir bilan fikr bildirayotgani, insoniyatning robot mashinalar rivojiga ehtiyotkorlik bilan  yondashish kerakligi haqida ogohlantirayotgani, bijiz emasdir?!

Aslida, insoniyat bu masalaga  yo hayot, yo mamot masalasi sifatida yondoshish vaqti kelgandir?! To‘g‘ri, Ilon Mask bashorat qilishni yaxshi ko‘radigan inson: masalan u bir vaqtlar – “biz bor yo‘g‘i, kompyuter simulyasiyasida yashayapmiz” degan edi, u Marsda hayotni tiklash uchun atom bombasini ishga solish kerak, degan  g‘oyalarni ham ilgari surgandi. Mana endi u, “bir kun kelib, sun’iy insoniyatning boshiga yetadi, olimlar robotlarni havfsiz qilib yaratishning uddasidan chiqa olmaydi”, deyapti.

«Mening o‘ylashimcha, suniy ertami kechmi insoniyat hayotiga nuqta qo‘yadi.  Tamaddunning yashab qolishi juda oz — atigi 5-10 foiz”, deydi u. Shu bilan birga, Maskning tay’kidlashicha,  robot mashinalarning isyoni yaqin o‘n yilliklarda ro‘y berishi mukin.

Temir odamlar dabdurustdan qo‘zg‘alib ketmaydi, albatta. Lekin tadqiqotlar rivoji shunga qarab ketayotgani havotir uyg‘otadi.

Maskning ta’kidlashicha,  olimlar shunday texnikalarni yaratadiki, ular mustaqil ravishda o‘z bilimlarini oshirib boradi, inson ishtirokisiz takomillashadi, vazifalarni mustaqil hal etadi va voqe’liklarga munosabat bildiradi. Ammo ular baribir inson bo‘la olmaydi. Temir tersaklarni hech kim his-hayoja, ma’naviy-axloqiy nuqtai-nazardan  o‘zni tuta bilishga, ko‘ngilchanlikka, kechirimlilikka, bir so‘z bilan aytganda, odamgarchilikka o‘qita olmaydi. Masalan, inson agar afsus nadomat qilsa, qilgan aybini tan olib kechirim surasa, boshqalarning  rahmi keladi va gunohidan o‘tishi mumkin. Lekin  robotda qalb bo‘lmaydi-ku, ular faqat hisob-kitob bilan ish qiladi. Insoning o‘y-hayollari ular uchun begona. Xullas, oxir-oqibatda mashinalar qanday qarorga kelishini hech kim bilmaydi. Natijada nazoratsiz qolgan sun’iy intellekt hatto yadroviy quroldan ham xavfli kuchga aylanadi.

Mashhur tadbirkorni sun’iy sohasida  bar yo‘g‘i bir nechta kompaniya ish olib borayotgani, ayniqsa,   xavotirga solmoqda. Masalan Google Deepmind.

Facebook, Google, Amazon, Apple – ularning bari siz  haqingizda juda ko‘p narsani biladi. Sun’iy intellekt ushbu korparatsiyalarda yaratilyapti, va ular insonlarning ustidan cheksiz hokimiyatga ega bo‘ladilar. Hokimiyatning bir qo‘lda to‘planishi esa juda katta xavfni tug‘diradi.

Google’da atigi bir nechta kishigina sun’iy intellektni boshqaradi. Ularni tashqaridan hech kim nazorat qilmaydi,  – bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, deydi Tesla rahbari.

Oxirzamon haqidagi bashoratlariga qaramay, Mask sun’iy texnologiyalari insniyatga bebaho yordam berayotganiga ham shubha bildirmayapti. Masalan, sun’iy rakni diagnostika qilishda yoki umuman, tibbiyot sohasida katta yordamchi bo‘ladi. U odamning hayot sifatini yaxshilaydi. Shu bois ushbu sohani ta’qiqlash emas, balki tartibga solish kerak, deya ta’kidlaydi Ilon Mask.

Bundan avvalroq, u Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning sun’iy intellekt haqida aytganlariga munosabat bildirib,  Uchunchi jahon urushi sun’iy intellekt sohasida yetakchilik qilish uchun kelib chiqadigan raqobat tufayli boshlanishi mumkinligi haqida  Twitter’da yozgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yili  «Proyektoriya» anjumanida so‘zga chiqib,  sun’iy intellekt sohasida yetakchilikni qo‘lga olgan mamlakat “dunyo hukmdoriga” aylanishi mumkin, degandi. O‘shanda Putin mana shunday qudratli monopoliyaning ma’lum bir  shaxslar qo‘liga tushib qolishidan xavotirda ekanini qo‘shimcha qilgandi

Dunyoning yana bir  boy odami, yuqori texnologiyalar sohasida nufuzli shaxs, Alibaba internet-savdo kompaniyasi asoschisi  Djek Ma ham insoniyatni yangi texnologiyalar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavfdan ogohlantirdi.  Jumladan, u shu yil Davosda bo‘lib o‘tgan jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqib, robotlar va sun’iy intellekt uchunchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkinligini aytadi.

Tadbirkor jurnalistlar bilan uchrashuvlarning birida  texnologiyalar tufayli ijtimoiy muammolar kelib chiqishidan xavotirini bildirgandi. – Robotlar va sun’iy insonlarni ish o‘rinlaridan mahrum qiladi. Garchi yangi texnologiyalar ko‘p muvaffaqiyatli odamlarni va qiziqarli kasblarni paydo qilsa-da, sun’iy va haddan tashqari ko‘p ma’lumotlar odamlarga xavf tug‘diradi. «Birinchi texnologik inqilob birinchi jahon urushiga sabab bo‘lgandi, ikkinchi texnologik inqilob esa Ikkinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Hozir uchunchi texnologik inqilob jarayoni kechmoqda».

Ishqilib, kelgusida bo‘ladigan har qanday jahon urushi insoniyatni qirib yuborishga emas, balki kasalliklarga, atrof muhitning imloslanishiga va qashshoqlikka qarshi  bo‘lsin, deb umid bildiradi Jek Ma. Buning uchun esa, sun’iy insonlarni qo‘llab quvvatlash kerak. Texnologiyalar bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar esa, o‘zlarining tadqiqotlari natijalari kelajakka foyda keltirish, ulardan odamlar bahra olishi haqida o‘ylasin, deydi xitoylik tadbirkor.

Biroq IT sohasida nom qozan boshqa shaxslar Ilon Mask yoki Jek Malarning xavotiridan kulganlar ham bo‘ldi. Masalan Maskning fikridan Robot Sofiya kuldi, Sun’iy ning xavfliligi bo‘yicha Maykrasoft rahbari Bill Geyts Ilon Mask bilan bahslashdi, Google’ning sun’iy intellekt bo‘limi direktori  esa SpaceX rahbarini tanqid qilgandi.

 Yana 30 yillardan keyin insoniyat butun boshli kompaniyalarni boshqara oladigan robotlarni yaratadi, biroq dunyo sun’iy va internet ta’siridan hali bir necha o‘n yil azob chekadi, deydi Alibaba asoschisi.