Robototexnika sohasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Robototexnika sohasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Xitoy poytaxti Pekin shahrida robototexnika sohasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 120 ta kompaniyasidan vakillar ishtirok etdi.

Xitoy “Fan va texnologiya” assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik forum doirasida ko‘rgazma hamda yosh ixtirochilar tanlovi o‘tkazildi. Unda sanoat va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan robotlar namoyishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ayni paytda ularning ko‘magidan eng ko‘p foydalanadigan mamlakat bu Xitoydir. Shu bois birgina o‘tgan yilda mazkur mamlakatda 57 mingta robot sotildi.

Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda ulardan nafaqat turli sohalarda, balki uy yumushlarini bajarishda ham keng foydalanilmoqda. Jumladan, jarroh robotlar shu soha vakillariga xos hatti-harakatni aniq va puxta takrorlaydi.

Hozir Xitoydagi shifoxonalarda juda murakkab operatsiyalar jarroh robotlarga ishonib topshirilyapti. Buni inobatga olgan holda Xitoy xukumati robototexnika sohasini yanada rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!