Romsiz Doogee Mix’ni $200 dollardan xarid qilishga nima deysiz?

Romsiz Doogee Mix’ni $200 dollardan xarid qilishga nima deysiz?

Bir muddat avval Xitoyning yosh Doogee kompaniyasi Mix nomli yangi romsiz smartfon tayyorlayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Jahondagi ilk romsiz smartfon — Xiaomi Mi MIX flagmanidan ilhomlanib yaratilgan gadjetning narxi raqibinikidan ancha-muncha arzon. Bugun internet tarmog‘ida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Doogee Mix 2017 yilning may oyida $200 dollardan sotuvga chiqariladi.

Bu pulga kompaniya Xiaomi Mi MIX’ga o‘xshash, ya’ni 8 megapikselli old kamerasi old panelning quyi qismidan o‘rin olgan, biometrik skaneri bosh menyu tugmasiga o‘rnatilgan, 16 MP bosh kameraga ega smartfonni va’da qilmoqda. Doogee Mix matritsasi Super AMOLED bo‘lgan 5,5 dyuymli displey, 64 bitda ishlaydigan 8 yadroli Helio P25 chipseti, 4/6 Gb operativ hamda 64 yoki 128 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. Shu bilan birga, Doogee Mix’ning 10 yadroli Helio X30 protsessoriga ega talqini ham sotuvga chiqarilish mumkin.