Romsiz Galaxy A8 va A8+ (2018) sotuvga chiqarildi

Romsiz Galaxy A8 va A8+ (2018) sotuvga chiqarildi

2018 yilning 2 yanvarida Janubiy koreyalik Samsung korporatsiyasi o‘zining Galaxy A8 (2018) hamda Galaxy A8+ (2018) smartfon modellarini Koreya Respublikasida sotuvga chiqardi. Oradan bir sutka o‘tib esa, sub-flagmanlar xalqaro smartfon bozorlarida ham sotila boshlandi. Jumladan, bu modellar bizga nisbatan yaqin bo‘lgan Rossiya smartfon bozorida ham birinchilardan bo‘lib sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Samsung Electronics kompaniyasining e’lon qilishishcha Samsung Galaxy A8 (2018) hamda Galaxy A8+ (2018) Rossiyada 5 yanvardan sotiladi. Uning qora, ko‘k hamda tilla rang korpusli talqinlari sotuvga chiqariladi. Klassik talqin uchun kompaniya 610 AQSh dollari, «Plyus» talqin uchun esa 665 AQSh dollari so‘ramoqda. Telefonlar bir-birlaridan faqatgina korpus o‘lchamlari bilan farq qiladilar. Ularning texnik jihatlari bir xil.

Galaxy A8 (2018) hamda Galaxy A8+ (2018) smartfonlaridagi o‘ziga xoslik sifatida 2 ta kamera modulidan iborat selfi-kameralarini aytish mumkin. Old sensorlardan biri 16 megapikselli, yorug‘lik taqsimoti moslamasi f/1.9 standartli. Unga yordamchi sifatida 8 megapikselli.

Galaxy A8 (2018) smartfoni 5,6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsali ekranga ega bo‘lgan. Galaxy A8+ (2018) modeli esa 6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsasi bilan ta’minlangan.

O‘qingGalaxy A8 & A8+: flagmanlardan "yuqqan" 6 innovatsiya!

Galaxy A8 hamda Galaxy A8+ (2018) Samsung’ning Gear VR shlemini qo‘llab-quvvatlaydigan ilk "Galaxy A" turkumidagi modellari.

A8 hamda A8+ yap-yangi Exynos 7885 protsessoriga ega bo‘lishgan. 8 yadroli toshlardan 2 tasi yuqori samaradorlikka, 6 tasi o‘rtacha samaradorlikka mas’ul.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!