Romsiz iPhone SE 2: ushalmas orzuga aylandi

  •   Saroy
  •  2202
  •  19.06.2018 13:04

Romsiz iPhone SE 2: ushalmas orzuga aylandi

Chamasi,  Apple hozircha o‘zining bestsellerga aylangan iPhone SE smartfonini yangilamoqchi emas. Xiloflar ishlab chiqaruvchi  Olixar ma’lumotlariga qaraganda, kompaniya ikkinchi avlod modelini bekor qilgan.

Aslida, avval boshdanoq, ekspertlar iPhone SE’ning izdoshi chiqishiga shubha bilan qarayotgan edi.  Umuman, barcha boshda smartfon avvalgi dizaynda qoladi, deb o‘ylagandi, biroq keyinchalik kichik romli displey va  «monobrovli» bo‘ladi, degan gap-so‘zlar tarqaldi, ya’ni iPhone X’ ning kichraytirilgan nusxasi bo‘ladi, deb. Chizmalariga asoslanib,  hatto qutilayotgan  yangi smartfonning renderini ham yaratishdi, tarmoqlarda esa qirqmali himoya plyonkasi surati ham paydo bo‘ldi, biroq kutilmaganda rejalar keskin o‘zgarib ketdi. Agar bu xabar Olixar’ning  o‘ziga xos  PR yurishlaridan bo‘lmasa, albatta.

O‘QING: Apple’dan koreyaliklar uchun kutilmagan “sovg‘a”

So‘nggi xabarlarga ko‘ra,  Apple hozir e’tiborni uchta  iPhone’ga qaratgan, ular kuzda namoyish etilishi kerak. Bundan tashqari,  5,8 dyumli displeyi bor iPhone X’ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisidan tashqari, biz yana   6.5-dyuymli “iPhone X Plus”  ni ham ko‘rishimiz mumkin.

O‘QING: AQSh maxsus xizmatlari: «Apple qotillarga yordam beryapti!»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!