Romsiz Mate 10 Pro kamerasi ham iPhone X va LG V30’dan qolishmaydi

  •   DiMaX
  •  1360
  •  02.10.2017 10:56

Romsiz Mate 10 Pro kamerasi ham iPhone X va LG V30’dan qolishmaydi

Huawei’ning yangi avlod flagmanlari – Mate 10 turkumi smartfonlari taqdim etilishiga ikki hafta vaqt bor. Ammo internetda allaqachon ularning sir tutilgan xususiyatlari haqida ayrim ma’lumotlar tarqala boshlagan.

Avvalo, mashhur insayder Evan Blass o‘zining Twitter-akkauntida Mate 10 Pro modelining ilk sifatli suratini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qurilma romsiz ekranga hamda Leica bilan hamkorlikda ishlangan qo‘shaloq kameraga ega bo‘ladi.

Shuningdek, tasdiqlangan ma’lumotga ko‘ra, mazkur smartfon asosiy kamerasining har ikkala moduli ham, xuddi LG V30’niki kabi, f/1,6 yorug‘lik kuchiga ega ob’yektiv bilan jihozlangan. Kameraning o‘zi esa, xuddi fotostudiyadagi kabi suratga olishning 14 ta ssenariysini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu xuddi iOS 11 tizim talqinidagi Portrait Lighting funksiyasining analogidir.

Bulardan tashqari, internetda Huawei’ning yangi smartfonlari xususida promo-materiallar ham tarqaldi. Ulardan yangi qurilmalar to‘g‘risida bir qancha qiziq faktlarni bilib olish mumkin. Jumladan, Mate 10 hamda Mate 10 Pro modellariga o‘rnatiladigan yangicha, sakkiz yadroli Kirin 970 protsessorida mashina ta’limi uchun alohida blok ajratilgan. Huawei bu gadjetlarini «Bu sizga smartfon emas», deya maqtanganida nazarda tutganidek, devayslardagi protsessorning ishlar prinsipi inson miyasining ishlash tamoyillariga o‘xshashdir.

Smartfonlarning akkumulyator sig‘imi 4 000 mA/soatni tashkil etadi va u tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur texnologiya ham Huawei’ning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, neyron tarmoqlari bazasida ishlaydi.

Huawei Mate 10 hamda Mate 10 Pro smartfonlarining taqdimoti 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!