«Roskachestvo» eng yaxshi smartfonlarni e’lon qildi

«Roskachestvo» eng yaxshi smartfonlarni e’lon qildi

Mobil qurilmalar bozori keskin kengayib bormoqda. Bu yerda har kim cho‘ntagi va dididan kelib chiqib xohlagancha yangi gadjetlarni xarid qilishi mumkin. Rossiyaning mahsulotlar sifatining nazoratiga mas’ul «Roskachestvo» idorasi ayni paytda mamlakatda sotilayotgan bir necha yuzlab smartfon modellarini sinovdan o‘tkazib, eng yaxshilarini xarid uchun fuqarolarga tavsiya qildi.

Rossiyalik ekspertlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 Rossiyada yilning eng yaxshi smartfoni deb topilgan. Ikkinchi o‘rin esa Samsung Galaxy S7, uchinchi o‘rin – Samsung Galaxy S8+ flagmaniga nasib qilgan. To‘rtinchi o‘ringa ham koreyalik ishlab chiqaruvchining mahsuloti munosib ko‘rilgan – Samsung Galaxy Note 8. Nihoyat "kuchli beshlik"ka Apple iPhone 8 Plus, undan so‘nggi o‘rinda Apple iPhone 8 turibdi.

Yettinchi o‘rin LG G6, undan keyingi o‘rin Samsung Galaxy S6 Edge flagmanlariga nasib qilgan.

Shuningdek, rossiyaliklar xarid qilishi mumkin bo‘lgan eng munosib smartfonlar o‘nligini iPhone 6 Plus va iPhone 6 yakunlagan. Ulardan so‘ng Samsung Galaxy S7 Edge, Samsung Galaxy S6 kabi avvalgi modellar turibdi.

Ko‘rinib turibdiki, rossiyalik ekspertlarning fikricha, Apple va Samsung kompaniyalari smartfonlari mamlakat smartfon bozoridagi munosib brendlar. Ulardan keyinda LG kompaniyasi ham bor.

Yana shu tomoni ham borki, hozircha «Roskachestvo» HTC U11+, OnePlus 5T, Apple iPhone X, Razer Phone, Google Pixel 2 XL va 2017 yilning boshqa o‘nlab munosib flagmanlarning sifati yuzasidan munosabatini bildirmagan. Shu bilan birga, bu idora Rossiya hududida rasman sotiladigan smartfon modellarini tekshiruvdan o‘tkazadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.