Rossiya fuqarosi iPhone 6’ga bobosining medallarini taklif qildi

Rossiya fuqarosi iPhone 6’ga bobosining medallarini taklif qildi

Rossiya Federatsiyasining tarkibiga kiruvchi Komi Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqaro 8 may kuni «VKontakte» tarmog‘idagi sahifasida katta bobosi II Jahon urushidagi qahramonliklari uchun olgan medal va ordenlarni iPhone telefoniga almashtirmoqchi ekanini aytib, anonim tarzda internetda e’lon qoldirgan.

Foydalanuvchining fikriga ko‘ra, Apple kompaniyasining ayfoni yoki planshetini xarid qilish uchun u harbiy mukofotlarni sotmoqchi. Shuningdek, bu odam medallarni ayfon yoki aypedga almashtirishga ham tayyor. Bu to‘g‘rida PG11.ru nashri xabar tarqatgan.

“Buyuk g‘alaba — 9 may bayramiga ham 1 kun qoldi. Afsuski, katta bobom bayramdan 1 hafta burun olamdan o‘tdi. Undan esa bir nechta medallar qoldi. Endi ular bizga kerak emas. Bobomga ham! Shu bois, ularni sotishga qaror qildim, Aipad Air yoki iphone 6 smartfoniga ham almashaman. Qiziquvchilar qo‘ng‘iroq qilishsin”, deb yozadi u.

Internet foydalanuvchilari bu holatni millat sha’niga nisbatan sharmandalik sifatida baholab, fuqaroni tanqid ostiga olishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!