Rossiya mahalliy «Elbrus-8S» protsessoridagi ilk kompyuterlarini namoyish etdi

  •   DiMaX
  •  1101
  •  29.05.2017 09:59

Rossiya mahalliy «Elbrus-8S» protsessoridagi ilk kompyuterlarini namoyish etdi

 «Roselektronika» xoldingi mahalliy «Elbrus-8S» protsessori bazasida Rossiyada yaratilgan kompyuter va serverlarning ilk namunalarini taqdim etdi, deb yozadi Cnews.Ru.

Milliy protsessor

Tataristonning Innopolis shahrida tashkil etilgan SIPR 2017 konferensiyasida mahalliy mahsulot – «Elbrus-8S» protsessorida ishlaydigan kompyuter birinchi namunalari taqdim etildi. Bu turdagi kompyuterlar Rossiyaning yuqori darajadagi xavfsizlik talablari qo‘yiladigan kompaniyalari va davlat tashkilotlariga yetkazib beriladi.

«Elbrus-8S»ga asoslangan shaxsiy kompyuterlarning sinov partiyasi joriy yil ikkinchi choragining yakunlarigacha yetkazib beriladi. Bu protsessor bazasidagi ilk serverlar esa yilning oxirida iste’molga chiqariladi.

Mazkur mahsulotlarning narxi xususida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Xususiyatlari

 «Elbrus-8S» protsessori Rossiyada ishlab chiqilgan. U Linux yadrosi bazasida yaratilgan «Elbrus» operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlarga mo‘ljallangan.

Uning xususiyatlari quyidagicha:

  • Arxitektura: uchinchi avlod «Elbrus-8S», 64 bitlik;
  • Protsessor: maksimal chastotasi 1,3 GGs bo‘lgan 8 ta yadro;
  • Quvvati: 250 gigaflops;
  • Kesh-xotira: 4 MB hajmli L2 (512 KB hajmga ega 8 blok) va 16 MB hajmli L3 turidagi xotiralar.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.