Rossiya smartfonlarsiz qolib ketmaydi

Rossiya smartfonlarsiz qolib ketmaydi

Garchi Xitoyning Honor smartfon ishlab chiqaruvchisi Rossiya bozorini rasman tark etish haqida bayonot bermagan bo'lsa-da, kompaniya boshqalar kabi mart oyida mamlakatga o'z mahsulotlarini yetkazib berishni to'xtatgan edi. Lekin, endilikda ma'lum bo'lishicha, Honor o'z foydalanuvchilarini yangi qurilmalarsiz va xizmatlarsiz qoldirmoqchi emas.

Xabarlarga ko'ra, Honor Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni tiklash uchun MDH davlatlari, xususan, Armaniston va Gruziyadan hamkorlar izlamoqda va allaqachon O'zbekiston orqali Rossiyaga smartfonlarni parallel import orqali olib kirish bo'yicha kelishuvga erishgan.

Hozirda kompaniyaning Rossiyadagi mahsulotlari hali ham rasmiy veb-sayt va yirik onlayn do'konlarida mavjud. Shuningdek, kompaniyaning Rossiyadagi kelajagi haqida uning ishonch telefonlaridan so'ralganida barcha xizmatlar odatdagidek ishlashda davom etishi ma'lum qilingan.

O'QING: Rossiyada o'q o'tmas iPhone chiqarildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.