Rossiyada analogli televideniye 2018 yilda tugatiladi

Rossiyada analogli televideniye 2018 yilda tugatiladi

Ferra saytining xabar berishicha, 2018 yilda Rossiyada analogli televideniye tugatilishi rejalashtirilgan. Bu borada Rossiya aloqa va ommaviy kommunikatsiya vaziri Nikolay Nikiforov ma’lum qilgan.

Vazirning so‘zlariga qaraganda 2018 yildan boshlab davlat tomonidan analogli televideniye yo‘nalishini subsidiyalash to‘xtatiladi. Subsidiyalash yakuniga yetkazilgach, analogli televideniye ham tugatiladi. Sababi hech kim uni mustaqil tarzda qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Istisno sifatida Rossiyaning bir-ikkita hududida ushbu standart qoldirilishi mumkin.

Rossiyada aholi uchun bepul federal kanallardan iborat paket taqdim etiladi. Paketda taxminan 11 tacha bepul kanal ko‘zda tutilgan bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh va kabelli uzatish operatorlariga ular uchun iste’molchilardan haq olish qonun bo‘yicha taqiqlangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!