Rossiyada davlat apparati xodimlari hamda harbiy amaldorlar uchun alohida uyali tarmoq ishga tushiriladi

  •   Saroy
  •  570
  •  19.09.2018 16:05

Rossiyada davlat apparati xodimlari hamda  harbiy amaldorlar uchun alohida uyali tarmoq ishga tushiriladi

Rossiyada amaldorlar alohida uyali tarmoqqa ega bo‘lishadi.  2024 yilga kelib mamlakatda mobil aloqaning yangi tarmog‘i paydo bo‘ladi. Ammo ulardan faqat davlat apparati xodimlari foydalana oladi.

LTE-450 simsiz aloqaning odatdagi tarmoqqa nisbatan asosiy o‘ziga xos tomoni  - foydalanuvchining muloqot guruhiga qo‘shilishni sozlash imkoni paydo bo‘lishidir. Tashabbusni amalga oshirish uchun 73 mlrd rubl sarflanadi.

Tarmoqqa ulangan smartfonlar  radiouzatkich sifatida (Push-to-Talk tizimi) ham ishlay oladi. Videooqimni uzatish vaqti sezilarli ravishda kamayadi. Qo‘shimcha yana tizimning doimiy faoliyatini retranslyasiya stansiyasi ta’minlaydi. Chastota bo‘yicha ancha muncha bahslar, tortishuvlar bo‘ldi, amma Hukumat tomonidan bu borada 450 MGs chastotasi ma’qul ko‘rilmoqda.

Qayd etilgan diapazonga kommunikatsion gigant  Tele2 egalik qiladi. Hukumat vakillari hozirdanoq kompaniya rahbariyati bilan hamkorlik qilish bo‘yicha faol muzokara olib bormoqda.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.