Rossiyada iPhone X'dan qimmat flagman sotuvga chiqdi

Rossiyada iPhone X'dan qimmat flagman sotuvga chiqdi

Shu kungacha Rossiya bozorida iPhone X eng qimmat narxda sotilayotgan smartfon modeli hisoblanar edi. Biror bir maxsus talqin yoki qimmat toshlar bilan bezatilgan smartfon modelini hisobga olmasak, bugungacha shunday edi.

Biroq bugun sotuvga chiqargan Sony Xperia XZ2 Premium vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Ushbu apparat ilk marotaba joriy yilning aprel oyida ilk marotaba taqdim qilingan edi. Avvaliga Xitoy va Yaponiyada sotuvga chiqarilgan smartfon bugun Rossiyada ham sotuvga chiqarildi. Biroq, uni belgilangan narxiga kimdir sotib olishi -- dargumon! Shunday blsa ham Rossiyada Sony brendiga sodiq minglab xaridorlar borligini unutmaslik zarur.

11 iyulda rossiyaliklar e’tiboriga havola qilingan Sony Xperia XZ2 Premium flagman smartfoniga avvaldan buyurtma berish mumkin. Telefon esa buyurtmachi qo‘liga 25 iyuldan boshlab yetkazib beriladi.

Narx chindan ham shoshirib qo‘yadi -- 1200 AQSh dollari! Bu texnologik jihatdan ancha ilg‘or hisoblangan iPhone X smartfonidan ham ancha-muncha qimmat degani.

Shu bilan birga, yaponiyalik flagmanning o‘ziga xos jihati sifatida ISO 512000 standartida fotosurat olishini aytish mumkin. Ya’ni, uning qo‘sh sensorli bosh kamerasi batamom zulmatda ham yaxshi surat olishi mumkin. Hozircha biror smartfon bunday jihatga ega emas.

Gadjetga 20 Mp+12Mp bo‘lgan ikkitalik asosiy kamera va 13 MP bo‘lgan old kamera o‘rnatilgan. Yangi devays 3450 mAch sig‘imli batareya va simsiz tezkor quvvatlantirgichga ham ega bo‘ladi.

Sony Xperia XZ2 Premium dizayni avvalgi trendga xos. ya’ni uning ekrani to‘liq o‘lchamli emas.

Flagmanga xos boshqa jihatlar sifatida 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessorini aytish mumkin. Uning chastota intervali 2,8 GGs.ni tashkil qiladi. Grafik-tasvir uchun Adreno 630 video kartasi mas’ul.

Devaysga 6 gigabaytli tezkor ham 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, undagi akkumulyator batareyasining sig‘imi 3540 mA soat. Quvonarli tomoni -- Sony Xperia XZ2 Premium USB Type-C porti orqali quvvat oladi. Va uni Qi standarti simsiz quvvatlash ham mumkin.

Avvaldan buyurtma berganlarga sovg‘a tariqasida simsiz Xperia Ear Duo audio quloqchinlari, ikki yillik kengaytirilgan kafolat, bir yil davomida ekranni bir marotaba almashtirib berish kafolati beriladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!