Rossiyada iPhone X savdosi: bunday navbat hali bo‘lgan emas! (+video)

  •   DiMaX
  •  2109
  •  03.11.2017 11:28

Rossiyada iPhone X savdosi: bunday navbat hali bo‘lgan emas! (+video)

Bugun – 3 noyabr, Moskva vaqti bilan ertalabgi soat sakkizda Rossiyada rasman iPhone X smartfonining savdosi boshlandi. Ayfon uchun bunday uzun navbat hali Rossiya tarixida kuzatilgan emas, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Mazkur navbatga odamlar ikki kun oldindan kela boshlashgani haqida xabar bergan edik. Ular orasida “yubiley ayfoni”ni birinchilar qatorida sotib olib, maza qilib ishlatishni istovchilar ham, navbatdagi o‘z o‘rnini 40 ming rublgacha sotish uchun turganlar ham bor. Yana bir toifa esa iPhone X’ni xarid qilib, keyin uni bir necha o‘ng ming rubl qimmatga sotishni ko‘zlagan.

Orziqib kutilgan smartfonni tezroq sotib olish (yoki uning orqasidan pul ishlab olish) uchun kishilar sovuqda navbatda turishmoqda, ko‘chada tunashmoqda yoki uyqusiz tik oyoqda turib chiqishmoqda.

Mana, quyidagi videoga bir nazar soling-da:

Hali bu navbatda turganlarning barchasiga iPhone X yetadimi-yo‘qmi, yetmay qolsa nima bo‘ladi – bular haqdagi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Rossiyada iPhone 8 savdosi boshlandi: kutilmagan holatlar

Eslatib o‘tamiz, Apple smartfonlarining Toshkentdagi narxlari bilan mana bu, iPhone 8 va 8 Plus flagmanlarini kredit bo‘yicha so‘mga olish imkoniyatlari bilan esa mana bu xabarlarimizda tanishish mumkin.