Rossiyada muhtasham Lamborghini smartfoni taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1769
  •  16.05.2017 12:32

Rossiyada muhtasham Lamborghini smartfoni taqdim etildi

Tonino Lamborgini kompaniyasi Rossiyada o‘zining yangi flagmani – Alpha One smartfonini taqdim etdi, deya xabar beradi Hi-Tech.Mail.Ru. Qurilma qimmatbaho materiallar – «suyuq metall»dan va tilla iplar bilan bezatilgan italyancha charmdan ishlangan.

Hashamdorlik va jilvakorlik

Alpha One «suyuq metall» qotishmasidan yasalgan, bu material esa yuksak darajadagi mustahkamligi, titandan ko‘ra yengilroq va chidamliroq ekanligi bilan ajralib turadi. Orqa paneliga yupqa italyancha charm tortilgan, uni esa ikkita tilla ip bilan bezatishgan.

Orqa panelda – kamera ostida barmoq izi skaneri joylashgan.

Alpha One flagmaniga 119 ming rubl narx belgilangan. Rossiyada savdolar boshlanganch, bu jilvakor smartfon boshqa mamlakatlarda ham sotuvga chiqariladi.

Alpha One xususiyatlari

  • Displey: diagonali 5,5 dyuym, sig‘imdorligi QHD (2K), AMOLED, Gorilla Glass 4 oynasi bilan himoyalangan.
  • Protsessor: Snapdragon 820.
  • Xotira: 4 GB tezkor va 64 GB ichki, yana microSD kartasi qo‘yish mumkin.
  • Kamera: asosiy kamera – 20 Mp, F1,8, optik barqarorlashtirish funksiyali; old kamera – 8 Mp.
  • Akkumulyator: 3250 mA/soat, tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat.
  • Aloqa: 2 ta SIM-kartali.

Nomidan ham ma’lum…

Lyuks toifali Alpha One smartfoni Tonino Lamborgini kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Nomidan ma’lumki, bu kompaniya Lamborgini asoschisi Ferruchcho Lamborginining o‘g‘li Tonino Lamborginiga tegishli.

Smartfonni Rossiyada Toninoning o‘g‘li va kompaniyaning hamkorlikdagi vitse-prezidenti Ferruchio Lamborgini taqdim etishgan.

«Hayot tarzi axborot texnologiyalarining va smart-qurilmalarning tezkor taraqqiyoti tufayli sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Mening buvam va otam o‘z sohalarida buyuk novatorlar edilar. Men Lamborghini xonadonining uchinchi avlodi vakiliman va yangi smartfonni faxr ila taqdim etaman; u DASAN Networks bilan birga Tonino Lamborghini brendining yangi texnologik va smart-davrini ochib beradi. Alpha One ilg‘or mobil texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan».

Ferruchio Lamborgini, Tonino Lamgorgini vitse-prezidenti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!