Rossiyada qoidabuzar haydovchi boshqa fuqaro suratga olgan tasvir bilan ham jazolanadi

Rossiyada qoidabuzar haydovchi boshqa fuqaro suratga olgan tasvir bilan ham jazolanadi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Davlat Dumasiga kiritilishi rejalashtirilgan qonun loyihasida nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra, endi yo‘lda harakatlanayotgan haydovchining qoidabuzarlik holati aks etgan havaskorlik video yoki fotosuratlari, ya’ni boshqalar tomonidan olingan tasvirlar unga nisbatan jazo chorasi ko‘rish uchun asos bo‘ladi.

Bu to‘g‘rida Regnum nashri Rossiya Ichki ishlar vazirining 1-o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyga tayanib xabar bermoqda. «Yaqin vaqt ichida Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining elektron aloqa qurilmalari yordamidagi aniqlangan mobil namoyish (qoidabuzarlik)lar to‘g‘risidagi qonun imzolash uchun Davlat Dumasiga kiritiladi», — degan IIV vakili.

Natijada, Rossiya fuqarolari yo‘lda harakatlanish chog‘ida o‘zlari duch kelgan qoidabuzarlik haqida Ichki ishlar idoralarini xabardor qilishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun haydovchining qoidani buzgan holati va avtomobil raqamini tasvirga olish kifoya. Fuqarolar tasvirlarni davlat xizmatlari portaliga yuborishadi, u yerdan esa vaziyatga oydinlik kiritish uchun foto va videolar IIVning ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboriladi.

Janob Gorovoyning ma’lum qilishicha, qonun konsepsiyasi shakllantirilgan va Davlat avtomobil inspeksiyasida ushbu jamoatchilik tomonidan taqdim etilayotgan video va tasvirlarni monitoring qiluvchi alohida guruh faoliyat olib boradi.

Shuningdek, bu qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasining ma’muriy qoidabuzarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.