Rossiyada uchar poyezdlar ishlab chiqariladi

Rossiyada uchar poyezdlar ishlab chiqariladi

Uchar poyezdlar loyihasini Rossiya temir yo‘llari mutaxassislari ishlab chiqishga kirishgan. RJD-TVning xabar berishicha, yangi transport vositasi vakuumli-levitatsion tizimga asoslanadi va tezligi 1000 km/s.ga yetishi mumkin.

Samolyot raqobatchisi

Rossiya temir yo‘llari birlashgan olimlar kengashi a’zosi Boris Lapidusning aytishicha, rus uchar poyezdalarining konsepsiyasi 2016 yilning yakuniga qadar ishlab chiqiladi. Transport tizimi vakumli levitatsiya texnologiyasiga ega bo‘ladi va aviatsiyaga raqobatchi bo‘ladi.

Loyihaning ayrim qismlari yaqinda o‘tkazilgan olimlar kengashida muhokama qilingan. Hozircha 2 ta asosiy muammo bor va shularni hal qilish kerak: uchar poyezdlar harakati uchun vakuum vositalarini yaratish va aerodinamik qarshilikni kamaytirish.

Fuqaro va yuk tashuvlar havo bo‘ylab

Lapidus, shuningdek, loyihaning taminiy harajati Rossiya fanlar akademiyasining Sibirdagi bo‘limi mutaxassislari tomonidan hisoblab chiqilganini aytgan. Olimlar uchar poyezdlarni texnik tomonda yaqin vaqt ichida tayyorlash mumkinligini asoslab berishdi.

Agar mazkur loyiha amalga oshsa, uchar poyezdlar odmlarni Sibirdan Rossiyaning yevropa qismigacha 3-4 soatda eltib qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.