Rossiyada Wi-Fi’dan 10 karra tezkor texnologiyadan foydalanishga ruxsat berildi

Rossiyada Wi-Fi’dan 10 karra tezkor texnologiyadan foydalanishga ruxsat berildi

Rossiya radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi mamlakat hududida yangi simsiz aloqa texnologiyasidan foydalanilishiga ruxsat berdi.

Ushbu yangi texnologiyadan 57-66 GGs chastota diapozonida IEEE 802.11ad standartidagi (WiGig) qurilmalarda foydalanish mumkin.

WiGig standartidagi yangi simsiz aloqa texnologiyasining ma’lumotlarni o‘tkazishdagi tezkorligi o‘zining muqobili bo‘lgan Wi-Fi texnologiyasidan 10 barobar yuqori ekanligi aytilmoqda. Ya’ni, uning yordamida sekundiga 7 gigabitgacha hajmdagi ma’lumotni o‘tkazish mumkin.

Mazkur aloqa texnologiyasi yordamida oraliq masofasi bir-biridan 10 metr bo‘lgan elektron qurilmalarni bir-biri bilan simsiz ulash mumkin. Qurilmalardagi WiGig chipi kompyuter, noutbuk, printer, proyektor va boshqa qurilmalarni o‘zaro sim va kabelsiz ulash imkonini beradi.

Bu texnologiyadan foydalanish uchun elektron qurilma va gadjetlarda Intel hamda Qualcomm kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilayotgan maxsus chiplar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Ushbu simsiz aloqa texnologiyasining ommalashib ketishi WiGig chipiga ega qurilmalarning keng miqyosda foydalanilishiga bog‘liq. Boisi Wi-Fi texnologiyasi ham uni qo‘llab-quvvatlaydigan texnologiyaga ega noutbuk va qurilmalarni ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng ommalashgan edi.
Shu sababli, rossiyalik ekspertlar elektronika foydalanuvchilariga aynan ana shu standartga ega qurilmalarni xarid qilishni tavsiya qilishmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!