Rossiyada yangi Nokia 3310 telefonlari bir kundayoq sotib tugatildi!

  •   DiMaX
  •  1851
  •  18.05.2017 10:01

Rossiyada yangi Nokia 3310 telefonlari bir kundayoq sotib tugatildi!

Hi-Tech Mail.ru monitoringi natijalariga ko‘ra, Rossiyadagi onlayn-do‘konlarda Nokia 3310 telefonlari kelgan kuniyoq sotilib ketgan.

Xabarda aytilishicha, birorta riteylerda ham Nokia 3310 telefonining 2017 yilgi modelidan umuman qolmagan. Balki bu telefonlarni ayrim offlayn do‘konlarda topish mumkindir, ammo, vaziyatning borishiga qaraganda, ular ham tezda sotib tugatiladi.

Garchi yangilangan Nokia 3310 funksionali avvalgisiga o‘xshamasa-da, xaridorlar bu yangilikni (yoki, ta’bir joiz bo‘lsa – yangilangan eskilikni) juda intizorlik bilan kutishgani ma’lum bo‘ldi.

Aytish kerakki, insoniyat tarixida eng ko‘p sotilgan Nokia 3310 telefonining qayta ishlangan yangi modeli Rossiyada 3990 rubl narxda savdoga chiqarilgan. Bungacha esa Xitoyda soxta Nokia 3310 ham sotuvga chiqib ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, «o‘lmas» Nokia 3310 telefonining original va qayta chiqarilgan versiyalarni taqqoslangan maqolamizda ularning o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!