Rossiyada yolg‘on axborot tarqatgan videoblogerlarni jazolash taklif etilmoqda

  •   Saroy
  •  464
  •  05.09.2018 16:29

Rossiyada yolg‘on axborot tarqatgan videoblogerlarni jazolash taklif etilmoqda

Rossiyada videoblogerlar uchun maxsus litsenziya joriy etilishi mumkin. Rossiya jurnalistlar Uyushmasi rahbari Vladimir Solovev  «Interfaksga» intervyu bera turib, shunday taklifni ilgari surdi.

V. Solovevning fikricha, bu yolg‘on  xabarlarga qarshi kurashda yordam beradi. Uning bildirishicha: «Shuningdek, ushbu taklif videoko‘rsatuvlarga beriladigan litsenziyalarga ham tegishlidir. Chunki, hozirda eng katta muammo, bu feyk-nyuslar bo‘lib qolmoqda».

Mazkur sohada qandaydir muvofiqlashtiruvchi tizim zarur, «Internetda o‘zini tutishning asosiy tartib-qoidalari borasida kelishib olish kerak». Biroq, Xitoydagiga o‘xshab judayam keskinlashib ketmaslik, ya’ni ijtimoiy tarmoqlarni butunlay uzib tashlamaslik lozim, deydi taniqli jurnalist.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.