Rossiyalik harbiylarga qimmat mobil telefonlar tarqatilmoqda

Rossiyalik harbiylarga qimmat mobil telefonlar tarqatilmoqda

Rossiya armiyasida xizmat qilayotgan komandirlarga o‘ta himoyalangan, qimmatbaho mobil telefonlar tarqatilmoqda. Bu to‘g‘rida «Izvestiya» nashri xabar tarqatgan.

Ahamiyatli tomoni shundaki, bu telefon apparatlari Rossiyaning o‘zida ishlab chiqarilgan hamda narxi 115 ming rublni, ya’ni 2000 dollarni tashkil qiladi. Bu mobil qurilmadan fuqarolarga mo‘ljallangan aloqa tarmoqlaridan foydalanish mumkin. Jumladan, ular mamlakatdan tashqarida ham faoliyat ko‘rsatishga ixtisoslashgan hamda Rossiya Federatsiyasining harbiy aloqa tarmoqlarida yuqori darajada shifrlangan holda ishlaydi.

«Izvestiya»ning Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib yozishicha, bu himoyalangan telefon M-663S «Atlas» deb nomlangan hamda «Atlas» ilmiy-texnika markazi tomonidan tayyorlangan. Uning apparat ta’minoti hamda operatsion tizimi, dasturiy ta’minotlari to‘liq rossiyalik mutaxassislar va dasturchilar tomonidan tayyorlangan.

M-633S — SMP-ATLAS/2 deb nom olgan oddiy va sotuvga chiqarishga mo‘ljallangan GSM-telefon modelining himoyalangan talqini. Jangovar dizayndagi mazkur telefon jismoniy ta’sirlarga qarshi pishiq va puxta qilib ishlangan. Gadjet metallo-plastik korpusga ega bo‘lgan va sapfir shishasi bilan qoplangan.

Telefon rangli displey hamda MP3-pleyerga ega bo‘lgan. Buyurtmachining talabiga muvofiq, mazkur telefon apparati havo harorati minus 20 ga tushgan yoki plyus 50 gradusga ko‘tarilgan sharoitda ham ishlaydi.

Telefon korpusi suvga ham chidamli. U bir metr chuqurlikda suv ichida ham qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi va yarim soat "jon saqlaydi". Telefon apparatining vazni 130 gramm.

Telefonda ma’lumotni kriptografikaga aylantiruvchi apparat ta’minoti ham mavjud. Bu yerda barcha signallar shifrlanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.