Rossiyalik talaba “uchar-changyutkich” yaratdi

Rossiyalik talaba “uchar-changyutkich” yaratdi

Kuban davlat agrar universitetining mexanizatsiya fakulteti talabasi Stanislav Xripkov patent byurosiga ariza bilan murojaat qildi. Uning ixtirosi odatdagicha uy tozalash tartibini o‘zgartirishi mumkin.

Changyutkich konstruksiyasi oddiy bo‘lib, kvadrokopterni eslatadi. Unda konus naycha, dvigatel va changto‘plagich bor. Shuningdek, apparat kuchli batareyaga ega. Bu qurilma shiftdagi changni ham tozalaydi. Hozircha uchar-changyutkich radioboshqaruv orqali ishlaydi, ammo yosh ixtirochi unga elektron miya o‘rnatishni mo‘ljallayapti. Reja amalga oshsa, apparat uyda o‘zi uchib yurib changni tozalaydi.

Agar bu changyutkich yalpi ishlab chiqarilsa, an’anaviy robot-changyutkichlar bozori kasod bo‘lishi mumkin, chunki ular zina va paxmoq gilamlar ustida ishlay olmaydi. Chamalashlarga ko‘ra, yangi changyutkich 40-50 ming rubl turadi. Yosh ixtirochi loyihani davom ettirishga homiy izlayapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!