Rossiyalik xaker “LinkedIn”ning 167 mln. dona akkaunt ma’lumotlarini sotuvga qo‘ydi

Rossiyalik xaker “LinkedIn”ning 167 mln. dona akkaunt ma’lumotlarini sotuvga qo‘ydi

The Real Deal’ning yashirin forumida  “LinkedIn” messenjeri hisob ma’lumotlar bazasi, hamda 117 mln foydalanuvchilarning elektron pochta manzili va parollari sotuvga qo‘yildi.

Motherboard nashri ma’lumotiga ko‘ra, baza egasi Peace of Mind taxallusi bilan ma’lum bo‘lib, mazkur ma’lumotlar 2012 yilda LinkedIn tarmog‘ini buzib kirish natijasida o‘g‘irlangan katta hajmdagi ma’lumotlarning bir qismi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yilda rossiyalik xakerlar forumida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining 6.5 mln parollari  nashr qilingan edi.

Kompaniyada ma’lumotlar o‘g‘irlanganligi tan olingan, ammo ushbu hodisa tufayli zarar ko‘rgan foydalanuvchilar soniga aniqlik kiritilmagan.

Peace of Mind ma’lumotlar bazasi uchun 5 bitkoyn ($2,2 ming miqdorida) so‘rashmoqda. Uning aytishicha arxiv umumiy miqdorda 167 mln yozuvlarni o‘z ichiga oladi, shundan 117 mln elktron pochta manzillari va parollarni tashkil qiladi.

Motherboard jurnalistlariga bazaning bir qismi, ya’ni 1 mln hisob ma’lumotlari yozuvlari, shuningdek elektron manzillar, xesh parollar va ularga tegishli buzilgan parollarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lindi.

Nashriyot o‘g‘irlangan ma’lumotlar qurbonlari bilan bog‘langanda ulardan uchtasi ma’lumotlarning xaqqoniyligini tasdiqladilar. Ma’lumotlarning xaqqoniyligini LinkedIn vakillari ham tasdiqlagan.

Kompaniyaning axborotlar xavfsizligi bo‘limi rahbari Kori Skotta (Cory Scott)ning aytishiga qaraganda, xozirda hisob yozuvlari tegilgan parollarni yo‘q qilish choralari ko‘rilmoqda hamda akkauntlar egalarini parollarini qayta o‘rnatish to‘g‘risida boxabar qilmoqdalar.

Skottning qayd etishicha, Peace of Mind taklif etayotgan ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarning yangidan o‘g‘irlanishi natijasida olinganligi to‘g‘risida tasdiqlar mavjud emas.

LinkedIn dunyoning eng ommabop ijtimoiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning 400 milliondan ziyod foydalanuvchisi mavjud. Jahonning 200 mamlakatidan 150 dan ziyod kompaniya-muassasalari mazkur messenjerning mijozi hisoblanadi.

Manbaa: Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Axborot xizmati
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.