Rossiyaliklar ishlagan dastur AQShdagi tanlovda birinchi o‘rinni oldi

Rossiyaliklar ishlagan dastur AQShdagi tanlovda birinchi o‘rinni oldi

AQSh Savdo vazirligi qoshidagi Milliy standart va texnologiyalar instituti (NIST) tomonidan tuzilgan dasturiy ta’minot reytingi natijalariga ko‘ra, Rossiyaning NtechLab kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan FindFace algoritmi birinchi o‘rinni egalladi. NIST shuningdek FindFace dasturining biznes versiyasi uchun ham sertifikat berdi. NtechLab asoschisi Artyom Kuxarenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu AQShdagi avtomatlashtirilgan pasport nazorati uchun ishlab chiqariluvchi jihozlarga algoritmni kiritishga doir kechayotgan muzokaralarda kompaniyaning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradi. Kun.uz shunga doir ma’lumoti bilan bo‘lishdi. 

Bir necha mamlakatdan 14 dasturiy to‘plam sinovdan o‘tkazildi: Rossiyaning 3DiVi va Vocord, Germaniyaning Dermalog, Hindistonning Samtech InfoNet, AQShning VCognition va boshqa algoritmlar. Ikkinchi o‘rin ham Rossiya kompaniyasining dasturi tomonidan band etildi - 3DiVi.

Yuzni tanishga mo‘ljallangan algoritmlar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi: fotosuratni real shaxs bilan taqqoslash, turli rakurslardan va yorug‘lik bilan yaxshi jihozlanmagan sharoitlarda olingan selfi bo‘yicha tanish, suratlarni jinoyatchilar bazasi bilan taqqoslash va videodan yuzni tanish hamda ajratish. 

G‘alaba FindFace Enterprise Server SDK 2.0'ning yangilangan  biznes versiyasiga nasib etdi, u yettitagacha asosiy hissiyot va 50 xilgacha yuz ifodasi bo‘yicha tanish imkonini beradi. Bundan tashqari, dasturiy to‘plam jins va yoshni aniqlab, atigi yarim soniya ichida 1 milliardlik suratlar bazasidan kerakli insonning suratini topa oladi. 

FindFace'ning tijoriy varianti bilan ishlashga qodir Android-ilova mavjud. Endi chakana tarmoqlar xodimlari smartfon yordamida o‘z mijozlarini tanishlari va an’anaviy kartalarsiz diskont tizimini ishga tushirishlari mumkin bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.