Rossiyaliklar Telegram’ning bloklanishiga qarshi chiqishmoqda

Rossiyaliklar Telegram’ning bloklanishiga qarshi chiqishmoqda

Rossiyalik Telegram foydalanuvchilari messenjer asoschisi Pavel Durovdan xizmatning Rossiyada yopilishiga yo‘l qo‘ymasligini, Rossiya kommunikatsiya nazorati idorasining talablariga ko‘nishini so‘rab Change.org saytida petitsiya tashkil qilishdi.

Petitsiya mualliflarining fikricha, Rossiya kommunikatsiya nazorati idorasi Pavel Durov jamoasi oldiga axborot tarqatuvchi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish talabini qo‘ygan. Biroq, Telegram hozirgacha ham bu talabni bajarmagan. Bu holat davom etadigan bo‘lsa, federal xizmati messenjerni bloklab qo‘yishi mumkin.

«To‘g‘ri, bizning haq-huquqlarimizni o‘ylab ham, Rossiya kommunikatsiya nazorati idorasining talabiga javob bermayapsiz. Ammo, biz — Telegram foydalanuvchilari o‘z erkinligimiz tarafdorlarimiz va Telegram tarmog‘idan foydalanishni davom ettirish istagidamiz. Sizdan Telegram’ni taqiqlangan tarmoqlar ro‘yxatiga kirishiga yo‘l qo‘ymasligingizni so‘raymiz», — deyiladi murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, Roskomnadzor tashkiloti tashabbusi bilan Rossiya hududida LINE, BlackBerry Messenger (BBM), Imo.im hamda Vchat kabi messenjerlar faoliyati taqiqlab qo‘yilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!