Rossiyaning gapiruvchi robotlari

Rossiyaning gapiruvchi robotlari

Rus olimlari insonlar bilan so‘zlashuv vositasida aloqa o‘rnatadigan robotlarni rivojlantirish ustida ish olib borishyapti, deya xabar qiladi “Sof.uz” sayti.

Bor-yo‘g‘i uch yil ichida Rossiya kompaniyasi gapiruvchi robotlar taraqqiyotida kata yutuqlarga erishdi. Rossiya gapiruvchi robotlarining yuzlab nusxalari dunyo bo‘ylab sotila boshladi.

Matematik Alan Tim hamda butun dunyo o‘rgimchak to‘ri asoschisi Tim Berbers Li sharafiga Alan Tim deya atalgan odamsimon robot Perm shahrdagi bir guruh yosh muhandislar tomonidan ixtiro qilingan. Loyiha muallifi Oleg Krivokurtsov atigi 25 yoshda. Uning aytishicha, Yevropadagi robot-changyutgichlar haqidagi maqola unga gapiruvchi robot yasashga turki bo‘lgan. O‘shanda u 20 yoshda edi.

Oleg yasagan robot – Alan Tim inson ko‘rinishadgi robot soatiga 5 km tezlikda mustaqil harakatlana oladi. Uning batareykasi quvvati 5 soatga yetadi. Robot ovozlarni ajrata oluvchi modul va ming nafargacha insonning ko‘rinishini farqlay oladigan kamera bilan jihozlagan.

Uning xotirasi 100 mingta maxsus iboralar bilan bilan to‘ldirilgan. Bundan tashqari mavzuga oid suhbatni tezda internet orqali topish imkoniyatiga ega.

Gapiruvchi robot Moskva texnologiya institutida ma’ruxachi hamda Moskva metro bekatida ekskursovod sifatida sinab ko‘rildi. Shularga qaramasdan robot hali mukammal ishlamaydi. U har doim ham fikrlarni to‘g‘ri tushunavermaydi va ko‘pincha savollarga noto‘g‘ri javob beryapti. Ayni paytda Alan Tim beo‘xshov harakatlari bilan raqsga ham tusha oladi. Bu borada u Yaponiya va G‘arbda yasalgan robotlarga yeta olmaydi.

Odamsimon robotlar dunyo bo‘yicha juda qimmat turadi. Ko‘p vazifalarni bajara oladigan robotlarni yuz ming dollardan yuqori narxda olish mumkin. Rus robotlari esa ancha arzon. Ularni 6 ming dollardan 10 ming dollargacga narxda xarid qilsih mumkin. Rus robotlari asosan Irlandiya va Xitoyga eksport qilinmoqda. Tadqiqotchilar Alan Timni ko‘proq vazifalar bajara oladigan darajaga chiqarish ustidan izlanish olib borishyapti.